https://oz.sputniknews.uz/20210623/buxoroda-ozbekiston-tashabbusi-bilan-ilk-marta-tashkil-etilgan-xalqaro-forum-bolib-otmoqda-19366639.html
Buxoroda O‘zbekiston tashabbusi bilan ilk marta tashkil etilgan xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda
Buxoroda O‘zbekiston tashabbusi bilan ilk marta tashkil etilgan xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum boshlandi. 23.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-23T10:52+0500
2021-06-23T10:52+0500
2021-06-23T10:52+0500
jamiyat
forum
buxoro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/17/19366563_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_60980e5effdd4ab5841096bf6e2a33ef.jpg
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.Forum O‘zbekiston tashabbusi bilan birinchi marta tashkil etilmoqda.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning forum qatnashchilariga yo‘llagan murojaatini Senat raisi Tanzila Norboyeva o‘qib eshittirdi.Mirziyoyev parlamentlarning yaqin hamkorligi mamlakatlarning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida muvofiqlashtirilgan harakatlarni o‘zaro hamjihatlikda amalga oshirish imkonini berishini ta’kidlagan.Forum doirasida ilgari suriladigan taklif va tashabbuslar har bir mamlakat uchun o‘z milliy vazifalarini qayta ko‘rib chiqish hamda milliy dastur va strategiyalarni takomillashtirishga imkon beradi.“Ishonchim komilki, forum yakunida qabul qilinadigan Buxoro deklaratsiyasi barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, ushbu jarayonda parlamentlarning rolini oshirishga xizmat qiladi”, - deya yakunlangan davlat rahbari murojaati.
https://oz.sputniknews.uz/20210623/shavkat-mirziyoev--martin--chungongni-qabul-qildi-19365375.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/17/19366563_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_317eafd92574238a555560cac04bb7d6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, forum, buxoro
Buxoroda O‘zbekiston tashabbusi bilan ilk marta tashkil etilgan xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda
Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum boshlandi.
TOShKENT, 23 iyun — Sputnik. Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Forum O‘zbekiston tashabbusi bilan birinchi marta tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning forum qatnashchilariga yo‘llagan murojaatini Senat raisi Tanzila Norboyeva o‘qib eshittirdi.
Mirziyoyev parlamentlarning yaqin hamkorligi mamlakatlarning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida muvofiqlashtirilgan harakatlarni o‘zaro hamjihatlikda amalga oshirish imkonini berishini ta’kidlagan.
“Shu maqsadda O‘zbekiston tashabbusi bilan birinchi marta tashkil etilayotgan mazkur forum global maqsadlarga erishishda parlamentlarning ishtirokini muhokama qilish, parlamentlararo hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash uchun samarali muloqot maydoni bo‘ladi, degan umiddaman”, - deyilgan murojaatda.
Forum doirasida ilgari suriladigan taklif va tashabbuslar har bir mamlakat uchun o‘z milliy vazifalarini qayta ko‘rib chiqish hamda milliy dastur va strategiyalarni takomillashtirishga imkon beradi.
“Ishonchim komilki, forum yakunida qabul qilinadigan Buxoro deklaratsiyasi barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, ushbu jarayonda parlamentlarning rolini oshirishga xizmat qiladi”, - deya yakunlangan davlat rahbari murojaati.