https://oz.sputniknews.uz/20210622/rossiya-va-ozbekiston-savdo-hajmi-yaqinda--10-milliardga-etadi--aripov-19357968.html
Rossiya va O‘zbekiston savdo hajmi yaqinda $ 10 milliardga yetadi – Aripov
Rossiya va O‘zbekiston savdo hajmi yaqinda $ 10 milliardga yetadi – Aripov
Sputnik O‘zbekiston
Pandemiyaga qaramasdan yil boshidan buyon Rossiya va O‘zbekiston savdo hajmi 15%ga oshdi. 22.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-22T17:51+0500
2021-06-22T17:51+0500
2023-04-05T18:33+0500
iqtisod
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/16/19354337_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_93aa06bbeaab3ab3ac235479627b5f71.jpg
TOShKENT, 22-iyun – Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston orasidagi savdo aloqalari hajmi yaqin orada 10 milliard dollarga yetishi mumkin, dedi Abdulla Aripov bugun Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya – O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining 2-yig‘ilishida. O‘zbekiston bosh vaziri aytishiga qaraganda, ikki davlat orasida yaratilgan hamkorlik mexanizmi ushbu munosabatlarni muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun xizmat qilmoqda. Xususan, pandemiyaga qaramasdan, yil boshidan buyon O‘zbekiston va Rossiya orasida savdo hajmi 15 % o‘sishi kuzatilmoqda.Bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, buning uchun bir qator faktorlar xizmat qilmoqda: Ma’lumot uchun, bugun 22-iyun kuni Moskvada Rossiya va O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida Rossiya va O‘zbekiston munosabatlarini yanada faollashtiruvchi 12ta shartnoma va kelishuvlar imzolandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/16/19354337_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_4a0b908d4ae7870e7da473a123544b9f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, rossiya
iqtisod, o‘zbekiston, rossiya
Rossiya va O‘zbekiston savdo hajmi yaqinda $ 10 milliardga yetadi – Aripov
17:51 22.06.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) Pandemiyaga qaramasdan yil boshidan buyon Rossiya va O‘zbekiston savdo hajmi 15%ga oshdi.
TOShKENT, 22-iyun – Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston orasidagi savdo aloqalari hajmi yaqin orada 10 milliard dollarga yetishi mumkin, dedi Abdulla Aripov bugun Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya – O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining 2-yig‘ilishida.
O‘zbekiston bosh vaziri aytishiga qaraganda, ikki davlat orasida yaratilgan hamkorlik mexanizmi ushbu munosabatlarni muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun xizmat qilmoqda. Xususan, pandemiyaga qaramasdan, yil boshidan buyon O‘zbekiston va Rossiya orasida savdo hajmi 15 % o‘sishi kuzatilmoqda.
“Savdo hajmi o‘sishda davom etgan taqdirda biz yaqin orada, belgilangan marra – 10 milliard dollarga yetamiz”, - dedi Aripov.
Bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, buning uchun bir qator faktorlar xizmat qilmoqda:
Rossiya vazirliklari va muassasalari, hudud rahbarlari bilan doimiy ravishda o‘tkazib kelinayotgan sermahsul uchrshuvlar, imzolangan bitimlar;
Rossiya va O‘zbekiston orasida tovarlarning bojxona qiymati haqida ma’lumot almashuv va soddalashtirilgan bojxona koridori yaratish to‘g‘risida imzolangan yangi bitimlar;
Rossiya tomonidan O‘zbekistonning turli sohalariga kiritilgan, umumiy qiymati 10 millard dollardan ortiq bo‘lgan investitsiyalari;
O‘zbekistonda Rossiya kapitali yordamida yaratilayotgan korxonalar soni oshib borayotgani. Xususan, yil boshidan buyon rossiyalik tadbirkorlar ishtirokida 90 ta yangi korzxona yaratilgan;
Ma’lumot uchun, bugun 22-iyun kuni Moskvada Rossiya va O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida Rossiya va O‘zbekiston munosabatlarini yanada faollashtiruvchi 12ta shartnoma va kelishuvlar imzolandi.