Madaniy meros agentligi tashkil etildi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishMavzoley Gur-Emir
Mavzoley Gur-Emir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda madaniy meros, muzeylar, arxeologiya va madaniy boyliklarning olib chiqish va olib kirish sohalarini nazorat qiluvchi Agentlik tashkil etildi.
TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda Madaniy meros agentligi tashkil etildi, bu haqida prezident qarorida aytib o‘tilgan.
Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish;
muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, rivojlantirish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish, tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolish;
arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, nazorat qilish, arxeologiya tadqiqoti uchun ruxsatnoma berish;
madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish va olib kirishni nazorat qilish, madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazish;
xorijdagi O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, ularning to‘liq ma’lumotlar bazasini yaratishularning asl yoki ko‘chirma nusxalari, foto va videotasvirlarini olib kelish.
Prezident qarorida aytilishiga ko‘ra, agentlik O‘zbekistonda moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0