Jamiyat

Chimyon hamda Chorvoqqa olib boruvchi ayrim yoʻllar uch kunga yopiladi

© Nuz.uzDoroga Tashkent-Chirchik-Chimgan kapitalno otremontirovana
Doroga Tashkent-Chirchik-Chimgan kapitalno otremontirovana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Uch kun davomida Boʻstonliq tumanida velosport-shosse boʻyicha "Federatsiya Kubogi" musobaqasi oʻtkaziladi
TOSHKENT, 22 iyun - Sputnik. Boʻstonliq tumanida velosport-shosse boʻyicha oʻtkaziladigan "Federatsiya Kubogi" musobaqasi munosabati bilan 23, 24 va 25 iyun kunlari Chimyon hamda Chorvoqqa olib boruvchi ayrim yoʻllar vaqtincha yopiladi. Bu haqda YHXBB maʼlum qildi.
Plyaj zonы otdыxa Charvak oromgoxi (Piramidы) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2020
Jamiyat
“Chorvoq”da choʻmilish taqiqlanishi mumkin
"Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hokimi farmoyishiga koʻra, 2021 yilning 23-24-25 iyun kunlari soat 8-00 dan 14-00 ga qadar 4R12 "Bektemir sh. –Chirchiq sh. – Gʻazalkent sh. Chorboq qoʻrgʻoni" avtomobil yoʻlining 61-kilometrdan (Chimyon dam olish zonasiga olib boruvchi yoʻlga oʻtish joyidan) 73-kilometrlari oraligʻida ("Bochka" nomli savdo rastalari boshlangan joygacha) va 4R10 "Chorvoq suv ombori halqa yoʻli"ning 0+500 va 81+700 oraligʻida ("Farovon", "Arbat", "Chinaris", "Xodjikent" kafelari atrofi) yoʻlda transport vositalari harakati toʻliq cheklanadi", - deyiladi xabarda.
"Boʻstonliq tumanining Chorbogʻ qoʻrgʻoni, Xumson qishloqlariga tashrif buyuruvchi fuqarolardan ushbu yoʻlni 4R11 "Gʻazalkent sh- Qizilsuv- Chorbogʻ qoʻrgʻoni" orqali aylanib oʻtishlari mumkinligi taʼkidlangan.
Zona otdыxa Chorvok Oromgoxi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2021
Iqtisod
"Chorvoq Oromgohi" va "Beldirsoy" sotuvga qoʻyiladi 
Shuningdek, Yusufxona, Burchumulla, Bogʻiston va togʻli hududlardagi boshqa qishloqlarga 4R12 "Bektemir sh. –Chirchiq sh. – Gʻazalkent sh. Chorboq qoʻrgʻoni" avtomobil yoʻlining 61-kilometrdan 4R6 "Toshkent-Chirchiq-Chimyon" avtomobil yoʻlining 57-kilometriga oʻtish joyi orqali aylanib oʻtishlari mumkin boʻladi.
"Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan mazkur vaziyatda belgilangan tartibni toʻgʻri tushungan holda tadbirga jalb etilgan YPX inspektorlarining qonuniy talablariga rioya qilishlarini soʻraymiz", - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0