Samarqand shahrida 130 ta ko‘cha nomlari o‘zgartiriladi

© Sputnik / StringerPerekrito dvijenie odnoy iz sentralnix ulis Samarkanda. Uzbekistan
Perekrito dvijenie odnoy iz sentralnix ulis Samarkanda. Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2021
Obuna bo‘lish
Ekspertiza xulosalari asosida xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari qarorlarini chiqarish uchun tegishli mutasaddilarga yuborilgan.
TOShKENT, 21-iyun - Sputnik. Samarqand shahridagi nomsiz va nomi qonun talablariga mos kelmaydigan 130 ta ko‘cha o‘zgartiriladi, deb xabar bermoqda "Zarafshon" nashri.
Toponimik obyektlarni tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qonunning 4-moddasiga asosan ko‘chalar, shohko‘chalar, mahallalar, maydonlar, bog‘lar va aholi punktlarining tarkibiy qismlariga ayrim odamlar, jamoat arboblari, siyosiy arboblar ism-sharifini berishga qoida tariqasida yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar bundan mustasno.
Uktam Barnoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2021
Buxorodagi ko‘chalardan biriga O‘ktam Barnoyev nomi berildi
Ushbu moddaga tayangan holda joriy yilning 6 oyi davomida viloyatda geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Narpay tumanida nomsiz va nomi qonun talablariga mos kelmaydigan 16 ta aholi punkti, 949 ta ko‘cha, 2 ta ziyoratgoh, 96 ta qabriston nomlari, Jomboy tumanida 225 ta ko‘cha nomlari, Urgut tumanida 13 ta yangi mahallalar, Nurobod tumanida 1 ta yangi aholi punkti, 99 ta ko‘cha nomlari ekspertizadan o‘tkazilib, xalq deputatlari viloyat hamda tuman Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlandi va davlat reyestri bazasiga kiritish uchun yuborildi.
Bundan tashqari, Samarqand shahridagi nomsiz va nomi qonun talablariga mos kelmaydigan 130 ta ko‘cha, Kattaqo‘rg‘on shahrida nomsiz 68 ta ko‘cha, Toyloq tumanida 49 ta ko‘cha, 18 ta qabriston nomlari, Oqdaryo tumanida 10 ta ko‘cha, Ishtixon tumanida 632 ta ko‘cha, Qo‘shrabot tumanida 33 ta ko‘cha, Urgut tumanida 10 ta ko‘cha, Bulung‘ur tumanida 1 ta mahalla, 4 ta aholi punkti, 484 ta ko‘cha, 36 ta qabriston, 2 ta maydon, 4 ta ziyoratgoh nomlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2021-yil 16-iyundagi 08-02883-sonli ekspertiza xulosalari olindi.
Ekspertiza xulosalari asosida xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari qarorlarini chiqarish uchun tegishli mutasaddilarga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0