Rossiya SSV qayta vaksinalash uchun tavsiyanoma ishlab chiqdi

© Sputnik / Aleksandr KrajevMeditsinskiy rabotnik nabirayet v shpris rossiyskuyu vaksinu "Sputnik V"
Meditsinskiy rabotnik nabirayet v shpris rossiyskuyu vaksinu Sputnik V  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2021
Obuna bo‘lish
Kasallik avj olgan vaqtda har olti oyda, odatiy vaqtda har yili revaksinatsiya qilish kerak - Mixail Murashko.
TOShKENT, 21-iyun —Sputnik. Kasallik avj olgan vaqtida qayta emlash jarayonini har 6 oyda, “xotirjam vaziyatda” – bir yilda bir marta takrorlash kerak, dedi Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko.
Ana shunday tartibda emlash infeksiyadan himoya qiladi va qayta-qayta analiz topshirishga ehtiyoj qolmaydi, dedi sog‘liqni saqlash vaziri.
"Belgilangan muddatda revaksinatsiya qilish eng optimal uslub. O‘shanda har kuni antitanachalar miqdorini tekshirib yurishga ehtiyoj qolmaydi”, - dedi Murashko “Rossiya 24” telekanali efirida.
Kremlda ham biorz oldin COVID-19ga qarshi qayta vaksinalashdan o‘zga yo‘l yo‘qligini ta’kidlashgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning avgust oyida Rossiya koronavirusga qarshi dunyoda birinchi yaratilgan vaksina - "Sputnik V"ni ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Undan so‘ng Rossiyada “Vektor” markazi tomonidan yaratilgan "EpiVakKorona" hamda Chumakov nomidagi ilmiy markazda yaratilgan “KoviVak” yaratilgan edi.
Bugungi kunda Moskvada vaksinaning birinchi komponenti bilan emalanganlar ulushi aholining 14 %, ikkla komponenti bilan emlanganlar – 11 %ini tashkil qilmoqda. RIA Novosti saytida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, 34 % respondentlar vaksaina olish niyatlari yo‘qligini ma’lum qilishgan.
Yangiliklar lentasi
0