Qozonlik mehmonlar Toshkentda Sabanto‘y tashkil qilishdi - video

Obuna bo‘lish
Toshkentning markaziy bog‘ida 20-iyun kuni tatar-boshqir millatlarning an’anaviy milliy bayrami - Sabanto‘y bo‘lib o‘tdi.
Qozon shahar filarmoniyasi solisti Rustem Nasibullin, duet "Farida-Alsu", hamda Tataristonda xizmat ko‘rsatgan artist Nail Sagdiyevlar Toshkent aholisiga yaxshi kayfiyat ulashishdi.
Konsert dasturi yoqin va rangba-rang bo‘ldi. Kattalar qo‘shiq va raqslar bilan band bo‘lgan vaqtda bolalar turli o‘yin va musobaqalarda ishtirok etishdi: qopda yugurish, yostiqlar bilan jang qilish, obkash bilan yugurish va boshqalar. Bayram ishtirokchilari, albatta, mazali yeguliklar bilan bilan mehmon qilindi.
Tatar-boshqir festivalning eng yorqin lahzalari bilan videolavhamizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0