https://oz.sputniknews.uz/20210621/ozbekistonlik-yosh-chavandoz-millatlar-kubogi-musobaqasida-uchta-medalni-qolga-kiritdi-19327894.html
O‘zbekistonlik yosh chavandoz Millatlar kubogi musobaqasida uchta medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik yosh chavandoz Millatlar kubogi musobaqasida uchta medalni qo‘lga kiritdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik sportchi Abdurahmon Abdullayev Polshadagi musobaqada bronza, kumush va oltin medallarga ega chiqdi. 21.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-21T11:08+0500
2021-06-21T11:08+0500
2021-06-21T11:08+0500
sport
polsha
musobaqa
turizm va sport vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/15/19327443_0:48:1242:747_1920x0_80_0_0_5e87c91ab6fae751716177148c7382b6.jpg
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Polshada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Millatlar kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zbekistonlik sportchi Abdurahmon Abdullayev uchta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.Musobaqada Go for it laqabli tulpor bilan qatnashayotgan Abdullayev dastlab 140 sm balandlikdagi to‘siqlarni 29,56 soniya ichida bironta ham jarima ochkosisiz bosib o‘tdi va yakunda kumush medalga sazovor bo‘ldi.Musobaqaning ikkinchi kungi dasturida sportchi xuddi shu balandlikdagi katta yo‘nalishni bosib o‘tish uchun 60,31 soniya vaqt sarfladi. Bu natija Abdurahmon Abdullayevga bronza medalini taqdim etdi.Yosh chavandoz musobaqaning navbatdagi kunida 150 sm balandlikdagi to‘siqlarni 26,16 soniyada bosib o‘tdi. Bu natijani ushbu dasturda ishtirok etgan hech bir sportchi takrorlay olmadi va Abdullayev yakunda oltin medalga sazovor bo‘ldi.
https://oz.sputniknews.uz/20190219/zbekistonda-bolalar-ot-sporti-maktablari-tashkil-etiladi-10854758.html
polsha
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/15/19327443_48:0:1204:867_1920x0_80_0_0_1d434b327c583d7cfcad5149f9481a74.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, polsha, musobaqa, turizm va sport vazirligi
sport, polsha, musobaqa, turizm va sport vazirligi
O‘zbekistonlik yosh chavandoz Millatlar kubogi musobaqasida uchta medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik sportchi Abdurahmon Abdullayev Polshadagi musobaqada bronza, kumush va oltin medallarga ega chiqdi.
TOShKENT, 21 iyun — Sputnik. Polshada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Millatlar kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zbekistonlik sportchi Abdurahmon Abdullayev uchta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati
xabar qildi.
Musobaqada Go for it laqabli tulpor bilan qatnashayotgan Abdullayev dastlab 140 sm balandlikdagi to‘siqlarni 29,56 soniya ichida bironta ham jarima ochkosisiz bosib o‘tdi va yakunda kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Musobaqaning ikkinchi kungi dasturida sportchi xuddi shu balandlikdagi katta yo‘nalishni bosib o‘tish uchun 60,31 soniya vaqt sarfladi. Bu natija Abdurahmon Abdullayevga bronza medalini taqdim etdi.
Yosh chavandoz musobaqaning navbatdagi kunida 150 sm balandlikdagi to‘siqlarni 26,16 soniyada bosib o‘tdi. Bu natijani ushbu dasturda ishtirok etgan hech bir sportchi takrorlay olmadi va Abdullayev yakunda oltin medalga sazovor bo‘ldi.