https://oz.sputniknews.uz/20210620/taniqli-aktrisa-nomidan-fuqaroni-chuv-tushirgan-oquvchining-kirdikori-fosh-etildi-19321339.html
Taniqli aktrisa nomidan fuqaroni chuv tushirgan o‘quvchining kirdikori fosh etildi
Taniqli aktrisa nomidan fuqaroni chuv tushirgan o‘quvchining kirdikori fosh etildi
Sputnik O‘zbekiston
Fuqaroning Instagramʼdagi profiliga “Siz 200 000 so‘m pul mukofotini yutib oldingiz” degan mazmundagi yozma xabarnoma “giveaway-asal” va “asalshodieva_dar1t”... 20.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-20T13:31+0500
2021-06-20T13:31+0500
2021-06-20T13:31+0500
hodisalar
iiv
samarqand viloyati
firibgarlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Instagram ijtimoiy tarmog‘ida aktrisa Asal Shodiyeva nomidan soxta akkaunt ochib, fuqaroni chuv tushirgan firibgar aniqlandi. Firibgar samarqandlik maktab o‘quvchisi ekan, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.Xabarda bildirilishicha, 15-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida yashovchi fuqaro D.K. IIV bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, qizining Instagramʼdagi profiliga “Siz 200 000 so‘m pul mukofotini yutib oldingiz” degan mazmundagi yozma xabarnoma kelgan. Xabarlar “giveaway-asal” va “asalshodieva_dar1t” noma’lum profildan kelgan. Qiz yozishma jarayonida firibgarning aldovlariga ishonib, o‘ziga tegishli Uzcard bank kartasining kodi va parolini yozib bergan. Natijada bank kartasida mavjud bo‘lgan jami 600 ming so‘m yo‘qolib qolgan. Holat yuzasidan JKning “Firibgarlik” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Hozirda ushbu fuqaroning boshqa turdosh jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.IIV fuqarolarni bank kartalarning kodi va parolini hech qanday sharoitda hech kimga ma’lum qilmaslik kerakligi haqida ogohlantirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210117/Toshkentda-lli-nafaakhr-alni-katta-pulga-chuv-tushirib-ketdi-15802286.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , iiv, samarqand viloyati, firibgarlik
hodisalar , iiv, samarqand viloyati, firibgarlik
Taniqli aktrisa nomidan fuqaroni chuv tushirgan o‘quvchining kirdikori fosh etildi
Fuqaroning Instagramʼdagi profiliga “Siz 200 000 so‘m pul mukofotini yutib oldingiz” degan mazmundagi yozma xabarnoma “giveaway-asal” va “asalshodieva_dar1t” noma’lum profildan kelgan.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Instagram ijtimoiy tarmog‘ida aktrisa Asal Shodiyeva nomidan soxta akkaunt ochib, fuqaroni chuv tushirgan firibgar aniqlandi.
Firibgar samarqandlik maktab o‘quvchisi ekan, deb
xabar qildi IIV matbuot xizmati.
Xabarda bildirilishicha, 15-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida yashovchi fuqaro D.K. IIV bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, qizining Instagramʼdagi profiliga “Siz 200 000 so‘m pul mukofotini yutib oldingiz” degan mazmundagi yozma xabarnoma kelgan. Xabarlar “giveaway-asal” va “asalshodieva_dar1t” noma’lum profildan kelgan.
Qiz yozishma jarayonida firibgarning aldovlariga ishonib, o‘ziga tegishli Uzcard bank kartasining kodi va parolini yozib bergan. Natijada bank kartasida mavjud bo‘lgan jami 600 ming so‘m yo‘qolib qolgan.
Holat yuzasidan JKning “Firibgarlik” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Olib borilgan tezkor-texnik tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashovchi 2003 y.t. fuqaro A.A. aniqlandi”, - deyilgan xabarda.
Hozirda ushbu fuqaroning boshqa turdosh jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
IIV fuqarolarni bank kartalarning kodi va parolini hech qanday sharoitda hech kimga ma’lum qilmaslik kerakligi haqida ogohlantirgan.