Andijonda prezident tashrifidan keyin ekilgan daraxtlar nega kovlab olindi

Obuna bo‘lish
Hokimlik ijtimoiy tarmoqda tarqalgan va keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan video yuzasidan munosabat bildirdi.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-18 iyun kunlari Andijon viloyatida xizmat safari bilan bo‘ldi.
Ertasi kuni ijtimoiy tarmoqlarda maxsus mashinalar manzarali daraxtlarni kovlab olib, boshqa boror bir yerga olib ketayotgani aks etgan video tarqaldi.
Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati video yuzasidan rasmiy munosbat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, tasvirda aks ettirilgan holat shahar obodonlashtirish bo‘limi tomonidan hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtga tasvirga tushirilgan.
“Obodonlashtirish ishlari olib borish jarayonida gullarga shikast yetmasligi uchun ular tasvirda aks etgan avtomashina yordamida soya-salqin joyga bir oz muddatga ko‘chirib turilgan”, - deyilgan xabarda.
Yo‘lning 50 metr uzunlikdagi qismida olib borilgan bu tadbir davomida qayta o‘tqazilgan ko‘chatlarning yanada o‘sib rivojlanishi uchun zarur agrotexnik shart-sharoit yaratilgan. Bu ekologlar tavsiyasiga ko‘ra bajarilgan.
Hokimlik ayni paytda bu manzarali butalar yana o‘z joyiga qayta o‘tqazilganini urg‘ulagan.
Yangiliklar lentasi
0