Vaksina bepushtlikka olib kelishi mumkinmi - Ginsburg javobi

© SS0 / Unsplash / Ignacio CampoBeremennaya jenshina
Beremennaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2021
Obuna bo‘lish
“Sputnik V” vaksinasidagi adenovirus 26 va adenovirus 5 asosida ishlab chiqarilgan.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini kiritish kelajakda bepushtlik keltirib chiqarish bilan tahdid solmaydi, chunki bu preparat insoniyat uzoq vaqt davomida yashab kelayotgan adenovirus asosida ishlab chiqarilgan, deb aytdi Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg.
Gospital COVID-19 v GKB № 15 imeni O. M. Filatova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2021
Rossiya mudofaa vazirligi kovidga qarshi saqich shaklidagi vaksinani yaratishga kirishdi
"Evolyutsiya nuqtayi nazaridan ham, zamonaviy tibbiyotning eng yaqin kuzatuvlari nuqtayi nazaridan ham vaksina salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi", - dedi Ginsburg.
U “Sputnik V” vaksinasidagi " I komponent" va "II komponent" adenovirus 26 va adenovirus 5 asosida ishlab chiqarilganligini, ularning ikkalasi ham odam populyatsiyasida juda uzoq vaqt davomida paydo bo‘lganligini ta’kidladi.
"Biz bilganimizdek, bu vaqt ichida insoniyat 7,5 milliardga ko‘paydi. Bu ikki virus haqida hech kimda hech qachon shubha paydo bo‘lmagan, ular organizmizda mavjud bo‘lgan va biz o‘pka, o‘tkir respiratorli infeksiya shaklida o‘nlab marta turli darajada yuqtirib olganmiz. Bu bepushtlik va boshqa reproduktiv jarayonlarga olib kelganmi? Hech qachon tibbiy protokollarda bu aniqlanmagan", - dedi Ginsburg.
2020 yil avgust oyida Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Gamaleya tadqiqot markazi tomonidan yaratilgan COVID-19ning oldini olishga qaratilgan dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Unga "Sputnik V" deb nom berildi. Shuningdek, Rossiyada COVID-19ga qarshi Rospotrebnadzor "Vektor" markazi "EpiVakKorona", Rossiya Fanlar akademiyasi Chumakov nomidagi markazi "KoviVak" vaksinalari yaratildi. May oyi boshida 4-chi "Sputnik Layt" vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ma’lum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0