https://oz.sputniknews.uz/20210619/paxtakor-futbolchilar-murabbiylar-va-rahbariyat-maoshlari-haqidagi-malumotni-ochiqladi-19311842.html
“Paxtakor” klubi maoshlar haqidagi ma’lumotni e’lon qildi
“Paxtakor” klubi maoshlar haqidagi ma’lumotni e’lon qildi
Sputnik O‘zbekiston
"Paxtakor" klubi futbolchilari, murabbiylar shtabi va rahbariyatining maoshlari va daromadlari bo‘yicha ma’lumotni e’lon qildi. 19.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-19T11:41+0500
2021-06-19T11:41+0500
2021-06-19T11:59+0500
sport
o‘zbekiston
paxtakor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/12/19308171_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_1dbe43314577da152a37f6143df9e31b.jpg
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. "Paxtakor" klubi futbolchilari, murabbiylar shtabi va rahbariyatining maoshlari va daromadlari bo‘yicha ma’lumotni e’lon qildi.Toshkent shahar hokimi - "Paxtakor" futbol klubi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev bundan buyon klubdagi maoshlar va boshqa hisobotlar shaffof tarzda berib borilishi haqida ta’kidlagandi. “Ushbu bayonotga mos tarzda "Paxtakor" asosiy tarkibidagi futbolchilar, asosiy jamoa murabbiylar shtabi va klub rahbariyatining yillik maosh va daromadlari aks ettirilgan ma’lumotni taqdim etamiz.Ko‘rsatilgan to‘lovlarning aksariyat qismi homiylar tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi”, - deyilgan xabarda. Masalan, bosh direktor D. Adismanning yillik daromadi yiliga 588 million so‘mni tashkil qiladi, bosh murabbiy 350 ming €, futbolchilar 153 million so‘mdan sal ko‘proq pul oladi. Shuningdek, o‘yinchilar homiylardan bonus oladi - 1,1 mlrd. so‘mdan 47,7 million so‘mgacha.Yig‘ilish davomida klub muammolari, ularni hal qilish yo‘llari, "Paxtakor" kelajagi haqida muhokama qilishdi. Xususan, FKning moliyaviy majburiyatlari hal qilindi.Homiylar tomonidan ajratilgan 22 milliard so‘m futbolchilar, murabbiylar va klub xodimlarining ish haqi bo‘yicha qarzlarini to‘lashga sarflandi.Jahongir Ortiqxo‘jayev bundan buyon klubdagi maoshlar va boshqa hisobotlar shaffof tarzda berib borilishi haqida ta’kidladi. Klub bosh murabbiyi - niderlandiyalik mutaxassis Piter Xoystra shaffof tizim har qanday jahon darajasidagi futbol klubining asosiy talablaridan biri ekanligini ta’kidladi.Klub raisi yoshlar uchun sharoitlarni yaxshilash, iqtidorlarni tanlash, ularga imkoniyatlar yaratishga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Yoshlarning futbol o‘ynash va professional futbolchi bo‘lish ishtiyoqini oshirish zarurligi ta’kidlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20210618/futbol-boyicha-ozbekiston-ayollar-terma-jamoasi-markaziy-osiyo-chempionatida-golib-boldi-19308489.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/12/19308171_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_543725f9aea84055c7ad1c52f1a5f5cf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, o‘zbekiston, paxtakor
sport, o‘zbekiston, paxtakor
“Paxtakor” klubi maoshlar haqidagi ma’lumotni e’lon qildi
11:41 19.06.2021 (yangilandi: 11:59 19.06.2021) "Paxtakor" klubi futbolchilari, murabbiylar shtabi va rahbariyatining maoshlari va daromadlari bo‘yicha ma’lumotni e’lon qildi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. "Paxtakor" klubi futbolchilari, murabbiylar shtabi va rahbariyatining maoshlari va daromadlari bo‘yicha ma’lumotni e’lon qildi.
Toshkent shahar hokimi - "Paxtakor" futbol klubi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev bundan buyon klubdagi maoshlar va boshqa hisobotlar shaffof tarzda berib borilishi haqida ta’kidlagandi.
“Ushbu bayonotga mos tarzda "Paxtakor" asosiy tarkibidagi futbolchilar, asosiy jamoa murabbiylar shtabi va klub rahbariyatining yillik maosh va daromadlari aks ettirilgan ma’lumotni taqdim etamiz.
Ko‘rsatilgan to‘lovlarning aksariyat qismi homiylar tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi”, - deyilgan xabarda.
Masalan, bosh direktor D. Adismanning yillik daromadi yiliga 588 million so‘mni tashkil qiladi, bosh murabbiy 350 ming €, futbolchilar 153 million so‘mdan sal ko‘proq pul oladi. Shuningdek, o‘yinchilar homiylardan bonus oladi - 1,1 mlrd. so‘mdan 47,7 million so‘mgacha.
Yig‘ilish davomida klub muammolari, ularni hal qilish yo‘llari, "Paxtakor" kelajagi haqida muhokama qilishdi. Xususan, FKning moliyaviy majburiyatlari hal qilindi.
Homiylar tomonidan ajratilgan 22 milliard so‘m futbolchilar, murabbiylar va klub xodimlarining ish haqi bo‘yicha qarzlarini to‘lashga sarflandi.
Jahongir Ortiqxo‘jayev bundan buyon klubdagi maoshlar va boshqa hisobotlar shaffof tarzda berib borilishi haqida ta’kidladi.
Klub bosh murabbiyi - niderlandiyalik mutaxassis Piter Xoystra shaffof tizim har qanday jahon darajasidagi futbol klubining asosiy talablaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Klub raisi yoshlar uchun sharoitlarni yaxshilash, iqtidorlarni tanlash, ularga imkoniyatlar yaratishga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Yoshlarning futbol o‘ynash va professional futbolchi bo‘lish ishtiyoqini oshirish zarurligi ta’kidlandi.