https://oz.sputniknews.uz/20210618/moskvada-migrantlarni-emlash-iyuldan-boshlanadi---sobyanin-19297278.html
Moskvada vaksina olishga navbat ortib ketdi
Moskvada vaksina olishga navbat ortib ketdi
Sputnik O‘zbekiston
Moskvada so‘nggi sutkada COVID-19ga qarshi emlanish uchun navbat to‘rt barobarga ortdi 18.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-18T13:04+0500
2021-06-18T13:04+0500
2023-04-05T18:33+0500
migratsiya
migrantlar
vaksina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/08/18212812_0:87:3335:1962_1920x0_80_0_0_95f4f61773529574660c62aa4acedddc.jpg
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Moskvada so‘nggi sutkada koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanish uchun navbatga yozilganlar soni to‘rt barobarga ortdi. Bu qariyb 42 mingga yaqin kishidir, deb xabar qildi jurnalistlarga juma kuni Moskva meri Sergey Sobaninning ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha yordamchisi Anastasiya Rakova.Rakova moskvaliklar vaksinalash jarayonini ortga surmay, yaqin kunlarga emlanishga ro‘yxatga turishayotganiga alohida e’tibor qaratgan."Bu moskvaliklar holat jiddiyligini tushunishayotganidan darak beradi, ular tezroq vaksina olishni istamoqdalar. Yuz bergan inqirozli vaziyatda bu juda muhim", - deb aytgan mer o‘rinbosari.Bu orada Rossiya poytaxtida migrantlarni emlash ishlari start olishi arafasidaMoskvada iyul oyi boshida migrantlarni vaksinalash ishlari boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya poytaxti meri Sergey Sobanin o‘z blogida ma’lum qilgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19ga qarshi vaksina sifatida "Sputnik Layt" preparati ishlatilishi ehtimoli yuqori."O‘tgan yilda eng birinchi navbatda Rossiya fuqarolarini vaksina bilan ta’minlash qarori qabul qilingandi. Cheklovlar ham faqat shu bilan bog‘liq edi. Hozirda "Sputnik Layt" vaksinasini ishlab chiqarish ishlari boshlab yuborilgan. Umuman olganda, bu klassik "Sputnik" vaksinasining birinchi komponentidir. Migrantlarni emlash uchun shu preparatdan foydalanishga ruxsat olsak kerak. Bizning hisob-kitob bo‘yicha emlash iyul boshida, ehtimol, undan sal ertaroq ham boshlanishi mumkin", — deb yozgan Sobanin o‘z blogida.RF IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning dekabr oyida Rossiyadagi migrantlar soni 6 million kishidan ko‘proqni tashkil etgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210618/moskvada-migrantlarni-sputnik-layt-bilan-emlash-boshlanadi--sobyanin--19296686.html
https://oz.sputniknews.uz/20210610/sputnik-v-vaktsinasi-bilan-emlangan-chet-elliklar-ukrainaga-kiritilmaydi-19198002.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/08/18212812_301:0:3032:2048_1920x0_80_0_0_2e8d0e480887ff13c1656e6dfa2371f7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, vaksina, rossiya
migratsiya, migrantlar, vaksina, rossiya
Moskvada vaksina olishga navbat ortib ketdi
13:04 18.06.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) Moskvada so‘nggi sutkada COVID-19ga qarshi emlanish uchun navbat to‘rt barobarga ortdi
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Moskvada so‘nggi sutkada koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanish uchun navbatga yozilganlar soni to‘rt barobarga ortdi. Bu qariyb 42 mingga yaqin kishidir, deb xabar qildi jurnalistlarga juma kuni Moskva meri Sergey Sobaninning ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha yordamchisi Anastasiya Rakova.
Rakova moskvaliklar vaksinalash jarayonini ortga surmay, yaqin kunlarga emlanishga ro‘yxatga turishayotganiga alohida e’tibor qaratgan.
"Bu moskvaliklar holat jiddiyligini tushunishayotganidan darak beradi, ular tezroq vaksina olishni istamoqdalar. Yuz bergan inqirozli vaziyatda bu juda muhim", - deb aytgan mer o‘rinbosari.
Bu orada Rossiya poytaxtida migrantlarni emlash ishlari start olishi arafasida
Moskvada iyul oyi boshida migrantlarni vaksinalash ishlari boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya poytaxti meri Sergey Sobanin o‘z blogida ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19ga qarshi vaksina sifatida "Sputnik Layt" preparati ishlatilishi ehtimoli yuqori.
"O‘tgan yilda eng birinchi navbatda Rossiya fuqarolarini vaksina bilan ta’minlash qarori qabul qilingandi. Cheklovlar ham faqat shu bilan bog‘liq edi. Hozirda "Sputnik Layt" vaksinasini ishlab chiqarish ishlari boshlab yuborilgan. Umuman olganda, bu klassik "Sputnik" vaksinasining birinchi komponentidir. Migrantlarni emlash uchun shu preparatdan foydalanishga ruxsat olsak kerak. Bizning hisob-kitob bo‘yicha emlash iyul boshida, ehtimol, undan sal ertaroq ham boshlanishi mumkin", — deb yozgan Sobanin o‘z blogida.
RF IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning dekabr oyida Rossiyadagi migrantlar soni 6 million kishidan ko‘proqni tashkil etgan.