https://oz.sputniknews.uz/20210618/migrantlarni-rossiyaga-vagonlab-olib-kirish-taklif-etildi-19294523.html
Migrantlarni Rossiyaga vagonlab olib kirish taklif etildi
Migrantlarni Rossiyaga vagonlab olib kirish taklif etildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga migrantlarni charter poyezd reyslarida olib kirish taklif etilmoqda. 18.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-18T10:48+0500
2021-06-18T10:48+0500
2023-04-05T18:33+0500
migratsiya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/48/53/485352_0:89:1695:1042_1920x0_80_0_0_e4a56d6d9bd5dbeec5fbc288bec3e9f6.jpg
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi mehnat migrantlarini mamlakatga kiritishning yangi usuli ustida ish olib bormoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston "Kommersant’"ga tayangan holda.Rossiya temir yo‘llari bilan birgalikda mavsumiy ishchilarni olib kirish uchun charter poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.Bunday chora tadbirlar qishloq xo‘jaligi sohasini ish kuchi bilan ta’minlash uchun zarur. Rossiya agrosanoati jami 38 mingdan ziyod migrantlarga ehtiyoj sezmoqda.RF Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda migrantlar mamlakatga faqatgina samolyotda kirib kelishlari mumkin va bu holat ularning transportirovkasi xarajatlarni oshirmoqda.Agar bugun bir nafar mehnat muhojirining Rossiyaga samolyotda kirib kelishi 80 ming rublga tushayotgan bo‘lsa, poyezd yordamida kirib kelish bu raqamni 12 minggacha kamaytirishi mumkin. Temir yo‘l transporti orqali ishchilarni tashishni tashkillashtirish ish beruvchilarga mehnat rezervlarini qidirish masalasini sezilarli yengillashtirishi kerak.Migrantlar qishloq xo‘jaligi ishlarining bir qismini o‘tkazib yuborishgan, ammo iyul oyi o‘rtalaridan boshlab hosil yig‘ish mavsumi faollashadi va o‘shanda xo‘jaliklarga terimchilar, sortirovshchiklar va boshqa ishchilar kerak bo‘ladi.Rossiya temir yo‘llarining ma’lum qilishicha, agar ushbu tashuvlarni amalga oshirishga buyurtmachi topiladigan bo‘lsa tashkilot Rossiyada ishlash uchun chet el fuqarolarini tashishni amalga oshirishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20210617/maqomingizni-qonuniylashtiring-rossiyaga-migrantlar-kerak-19280591.html
https://oz.sputniknews.uz/20210604/yaqinda-7-mingga-yaqin-migrant-moskvaga-keladi-kopchiligi-ozbekistondan-19091430.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/48/53/485352_94:0:1602:1131_1920x0_80_0_0_030668dab0fde0bf5dc9a7cb1548e2e8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, rossiya
Migrantlarni Rossiyaga vagonlab olib kirish taklif etildi
10:48 18.06.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) Rossiyaga migrantlarni charter poyezd reyslarida olib kirish taklif etilmoqda.
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi mehnat migrantlarini mamlakatga kiritishning yangi usuli ustida ish olib bormoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston "Kommersant’"ga tayangan holda.
Rossiya temir yo‘llari bilan birgalikda mavsumiy ishchilarni olib kirish uchun charter poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Bunday chora tadbirlar qishloq xo‘jaligi sohasini ish kuchi bilan ta’minlash uchun zarur. Rossiya agrosanoati jami 38 mingdan ziyod migrantlarga ehtiyoj sezmoqda.
RF Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda migrantlar mamlakatga faqatgina samolyotda kirib kelishlari mumkin va bu holat ularning transportirovkasi xarajatlarni oshirmoqda.
Agar bugun bir nafar mehnat muhojirining Rossiyaga samolyotda kirib kelishi 80 ming rublga tushayotgan bo‘lsa, poyezd yordamida kirib kelish bu raqamni 12 minggacha kamaytirishi mumkin. Temir yo‘l transporti orqali ishchilarni tashishni tashkillashtirish ish beruvchilarga mehnat rezervlarini qidirish masalasini sezilarli yengillashtirishi kerak.
Migrantlar qishloq xo‘jaligi ishlarining bir qismini o‘tkazib yuborishgan, ammo iyul oyi o‘rtalaridan boshlab hosil yig‘ish mavsumi faollashadi va o‘shanda xo‘jaliklarga terimchilar, sortirovshchiklar va boshqa ishchilar kerak bo‘ladi.
Rossiya temir yo‘llarining ma’lum qilishicha, agar ushbu tashuvlarni amalga oshirishga buyurtmachi topiladigan bo‘lsa tashkilot Rossiyada ishlash uchun chet el fuqarolarini tashishni amalga oshirishi mumkin.