https://oz.sputniknews.uz/20210617/otmga-kirish-imtihonlari-internetda-jonli-efirga-uzatiladi-19277940.html
OTMga kirish imtihonlari internetda jonli efirga uzatiladi
OTMga kirish imtihonlari internetda jonli efirga uzatiladi
Sputnik O‘zbekiston
Barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan “imtihon.uz” veb-platformasi ishga tushiriladi. 17.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-17T11:08+0500
2021-06-17T11:08+0500
2021-06-17T11:08+0500
jamiyat
o‘zbekiston
imtihon
otm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/0b/14951827_0:71:3073:1800_1920x0_80_0_0_178746b6f60d04dd2367d726bd03f80e.jpg
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Endilikda OTMning bakalavriat va magistratura imtihonlari Internetda jonli efirga uzatiladi. Bu prezident imzolagan “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmonda ko‘zda tutilgan.Farmonga ko‘ra, quyidagi imtihonlarni o‘tkazish jarayonini Internetda jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:2021/2022 o‘quv yili qabuligacha imtihonlarni Internetda jonli efirga uzatishni ta’minlaydigan, barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan “imtihon.uz” veb-platformasi ishga tushiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210616/ozbekistonda-otmga-hujjatla-qabuli-sanasi-elon-qilindi-19271417.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/0b/14951827_154:0:2885:2048_1920x0_80_0_0_94de9f84a31b9e73cf46193115f8e7b7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, imtihon, otm
jamiyat, o‘zbekiston, imtihon, otm
OTMga kirish imtihonlari internetda jonli efirga uzatiladi
Barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan “imtihon.uz” veb-platformasi ishga tushiriladi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Endilikda OTMning bakalavriat va magistratura imtihonlari Internetda jonli efirga uzatiladi. Bu prezident imzolagan “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
farmonda ko‘zda tutilgan.
Farmonga ko‘ra, quyidagi imtihonlarni o‘tkazish jarayonini Internetda jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:
oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun test va ijodiy (kasbiy) imtihonlar;
oliy ta’lim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) bosqichiga qabul imtihonlari;
respublikadagi yoki xorijdagi oliy ta’lim muassasasidan respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan talabalardan olinadigan imtihonlar;
xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olishda talabgorlardan olinadigan test sinovlari.
2021/2022 o‘quv yili qabuligacha imtihonlarni Internetda jonli efirga uzatishni ta’minlaydigan, barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan “imtihon.uz” veb-platformasi ishga tushiriladi.