Koronavirus O‘zbekistonda: 2 kishi vafot etdi, kunlik kasallanishlar soni oshdi

CC0 / Pixabay / PIRO4D / Illyustrirovannoe izobrajenie virusa COVID-19
Illyustrirovannoe izobrajenie virusa COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 371 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 834 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 17 iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 371 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 834 nafarni tashkil qilmoqda.
Koronavirus, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2021
O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni yetti yuzdan oshdi
Yangi kasallanish holatlarining: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (5), Andijon viloyatida (8), Buxoro viloyatida (15), Jizzax viloyatida (21), Qashqadaryo viloyatida (10), Navoiy viloyatida (3), Namangan viloyatida (5), Samarqand viloyatida (40), Sirdaryo viloyatida (6), Surxondaryo viloyatida (27), Farg‘ona viloyatida (19), Xorazm viloyatida (3), Toshkent viloyatida (39), Toshkent shahrida (170) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 100 623 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi.
Ayni paytda 3 498 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Vaksinatsiya

Respublikada jami 2 739 571 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 1 644 371 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 1 015 786 nafarni, 3-bosqichda emlanganlar 79 414 nafarni tashkil qildi.
Vrachi vo vremya operatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Koronavirus O‘zbekistonda: yana 3 kishi vafot etdi

O‘lim holatlari

2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 713 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 177,0 milliondan oshdi, 3,8 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (33,5 mln), Hindistonda (29,7 mln), Braziliyada (17,6 mln).
Yangiliklar lentasi
0