Farg‘onada quduqda boshiga tuproq to‘la temir chelak tushib ketgan fuqaro o‘ldi

© Press-slujba MChSV Fergane spasiteli vizvolili iz kolodsa dvoix, odin iz nix mertv
V Fergane spasiteli vizvolili iz kolodsa dvoix, odin iz nix mertv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida boshiga ichida turpoq to‘la temir chelak tushib ketgan fuqaro vafot etgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Toshkentda FVV xodimi cho‘kayotgan fuqarolarni qutqarish vaqtida halok bo‘ldi
Xabarda yozilishicha, hodisa 17-iyun kuni tumandagi Do‘stlik mahallasidagi uylarning birida ro‘y bergan. Uy egasi S.S. 50 metr chuqurlikdagi quduqni tozalayotgan vaqtda chelakning arqoni uzilib ketgan. Boshidagi himoya kaskasi borligiga qaramasdan fuqaro og‘ir tan jarohati bilan halok bo‘lgan. Hodisani kuzatib turgan fuqaro R.T. yordam berish maqsadida chuqurlikka tushgan va qaytib chiqolmagan.
Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat FVB xodimlari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilar har ikki fuqaroni olib chiqishgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0