"Umid lankadanmi?": O‘zbekiston terma jamoasi mag‘lubiyati internetda qanday qarshi olindi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaMatch sbornix Uzbekistana i Saudovskoy Aravii
Match sbornix Uzbekistana i Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Obuna bo‘lish
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoni terma jamoasiga 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, JCh-2022 ga chiqish imkoniyatini boy berdi. Internet foydalanuvchilari ushbu mag‘lubiyatni "qizg‘in" qarshi oldilar
TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. Saudiya Arabistoni terma jamoasiga 3:0 hisobda mag‘lubiyatga uchragan O‘zbekiston milliy terma jamoasi nomiga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan yo‘llangan murojaatlar 16-iyun kuni kun mavzusiga aylandi.
Jumladan, Facebook foydalanuvchilarining aksariyati "Endi umid faqat lankadan" degan postlarni e’lon qilishgan.
"Xullas, Fransiyaga muxlislik qilaman, tamom", deb yozgan foydalanuvchilardan yana biri.
"Qo‘y so‘yganiyam foyda bermadimi?", deya ilmoqli savol tashlagan internet foydalanuvchilaridan yana biri. Ilgariroq internet tarmoqlarida "Bunyodkor" maydoni chetiga so‘yib osib qo‘yilgan qo‘y surati ommalashib ketgan edi.
"Futbol payti perevaldan o‘tapman, yo‘ldaman, aloqa deyarli yo‘q. Menimcha, asablarim uchun berilgan eng katta sovg‘a shu bo‘lsa kerak", - deya yozib qoldirgan o‘z telegramida bloger Xushnudbek.
Futbolning ashaddiy muxlislari mag‘lubiyat alamini totgan terma jamoani qanday va nima bilan kutib olish to‘g‘risida savolni ham keng jamoatchilikka yo‘llagan.
Javoblar orasida "Novostroykadan kvartira sovg‘a qilish kerak", "Salyut bilan kutib olish zarur", "Hammasini deport qilish kerak", "Bittadan "Zaporoj" sovg‘a qilish kerak" degan takliflar sanab o‘tilgan.
15 iyundan 16-iyunga o‘tar kechasi futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati-2022 saralashi 2-bosqichi doirasida oltinchi o‘yinini Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Birinchi bo‘limning 25-daqiqasida Salman Alfaraj gol urib, Saudiya Arabistoni terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yinning 33-daqiqasida yana o‘sha Alfaraj gol urib hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 2-bo‘limning 52-daqiqasida Ali Alhassan O‘zbekiston darvozasini ishg‘ol qilib hisobni uchtaga oshirdi.
Mazkur bahsdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 15 ochko bilan 2-saralash bosqichida 2-o‘rinni egalladi va 3-saralash bosqichiga chiqa olmadi.
Yangiliklar lentasi
0