https://oz.sputniknews.uz/20210616/rossiyada-majruh-bolgan-fuqarolar-vatanga-qaytarildi-19261819.html
Rossiyada majruh bo‘lgan fuqarolar vatanga qaytarildi
Rossiyada majruh bo‘lgan fuqarolar vatanga qaytarildi
Sputnik O‘zbekiston
Ufada sovuqda qolib ketib, qo‘l va oyog‘idagi barmoqlari amputatsiya qilingan va Sankt-Peterburgda qurilish obyektining 3-qavatidan yiqilib tushgan fuqarolar... 16.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-16T14:15+0500
2021-06-16T14:15+0500
2021-06-16T14:15+0500
migratsiya
tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/10/19261647_0:370:960:910_1920x0_80_0_0_a6909548312e171cd63cc5df06d81a75.jpg
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Rossiyada sovuqda qolib ketgan va ko‘p qavatli qurilish obyektidan yiqilib tushgan fuqarolar Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.Ma’lum qilinishicha, navoiylik fuqaro A.Ya. Ufa shahriga ishlash maqsadida ketgan. 2020-yil dekabr oyida ishsiz, pulsiz qolgan va vaqtinchalik yashash joyidan haydalgan. U sovuqda ko‘chada qolib ketgan. Natijada fuqaroning qo‘l va oyog‘idagi barmoqlari amputatsiya qilinganShuningdek, andijonlik A.B oilasidagi moliyaviy qiyinchilik sababli Sankt-Peterburg shahriga qurilish obyektlarida ishlash maqsadida ketgan. Ish vaqtida qurilish obyektining 3-qavatidan yiqilib tushgan.Kuni kecha bu ikki fuqaro Moskva-Samarqand hamda Sankt-Peterburg-Toshkent yo‘nalishida O‘zbekistonga qaytarildi.Ular xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qaytarilgan.Navoiylik fuqaro A.Ya.ning O‘zbekistonda yaqin qarindoshlari va doimiy yashash manzili yo‘qligi sababli Navoiy viloyati hokimligi tomonidan fuqaroni davolash-mehnat terapiyasini amalga oshirish va reabilitatsiya qilish, keyinchalik "Muruvvat" uyiga joylashtirish rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/10/19261647_0:280:960:1000_1920x0_80_0_0_21e3a4a0e96d2a6bde5b27de19144454.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
migratsiya, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
Rossiyada majruh bo‘lgan fuqarolar vatanga qaytarildi
Ufada sovuqda qolib ketib, qo‘l va oyog‘idagi barmoqlari amputatsiya qilingan va Sankt-Peterburgda qurilish obyektining 3-qavatidan yiqilib tushgan fuqarolar qaytarildi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Rossiyada sovuqda qolib ketgan va ko‘p qavatli qurilish obyektidan yiqilib tushgan fuqarolar Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, navoiylik fuqaro A.Ya. Ufa shahriga ishlash maqsadida ketgan. 2020-yil dekabr oyida ishsiz, pulsiz qolgan va vaqtinchalik yashash joyidan haydalgan. U sovuqda ko‘chada qolib ketgan. Natijada fuqaroning qo‘l va oyog‘idagi barmoqlari amputatsiya qilingan
Shuningdek, andijonlik A.B oilasidagi moliyaviy qiyinchilik sababli Sankt-Peterburg shahriga qurilish obyektlarida ishlash maqsadida ketgan. Ish vaqtida qurilish obyektining 3-qavatidan yiqilib tushgan.
Kuni kecha bu ikki fuqaro Moskva-Samarqand hamda Sankt-Peterburg-Toshkent yo‘nalishida O‘zbekistonga qaytarildi.
Ular xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qaytarilgan.
Navoiylik fuqaro A.Ya.ning O‘zbekistonda yaqin qarindoshlari va doimiy yashash manzili yo‘qligi sababli Navoiy viloyati hokimligi tomonidan fuqaroni davolash-mehnat terapiyasini amalga oshirish va reabilitatsiya qilish, keyinchalik "Muruvvat" uyiga joylashtirish rejalashtirilgan.