O‘zbekistonda yangi banknotalar muomalaga chikarildi: bu nimaga olib keladi?
12:38 15.06.2021 (yangilandi: 12:41 15.06.2021)
© Press-slujba SB UzbekistanaNovie banknoti stali dostupni segodnya: na chto eto povliyayet
© Press-slujba SB Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 14-martdan boshlab yangi 2 ming va 20 ming so‘mlik yangi banknotalar muomalaga chiqarildi. Sputnik ushbu mavzuda Markaziy bank mutaxassisiga murojaat qildi.
TOShKENT, 15-iyun - Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekistonda 2000 va 20000 sumlik yangi kupuralar muomalaga chikarildi. Ushbu mavzuda Sputnik muxbiri savollariga Markaziy bank departament direktori Akmal Nazarov javob berdi.
- 2000 so‘mlik va 20 000 so‘mlik banknotlarni muomalaga chiqarishdan maqsad nima?
- Mazkur nominaldagi banknotlarni muomalaga chiqarishdan asosiy maqsad – aholi uchun naqd puldagi hisob-kitoblarda to‘lovlarni amalga oshirish uchun qulayliklar yaratish hisoblanadi.
Naqd pullarning nominal qatorini belgilashning butun dunyo mamlakatlari amal qiladigan nazariyasiga ko‘ra, misol tariqasida aytadigan bo‘lsak,
1 va 5 qiymat nominalidagi banknotlar orasida - 2 qiymatli,
10 va 50 qiymat nominalidagi banknotlar orasida - 20 qiymatli,
100 va 500 qiymatdagi banknotlar orasida - 200 nominal
va hokazo tartibda bo‘lishi naqd puldagi to‘lovlar uchun qulay ekanligi ma’lum qilingan.
Nega endi chiqarilmoqda degan savol tug‘ilishi mumkin -
Markaziy bank tomonidan 2017-yilning mart oyidan 10 000 so‘mlik banknotlar, avgust oyidan 50 000 so‘m nominaldagi banknotlar muomalaga chiqarilgan edi.
Yuzaga kelgan holat, ya’ni naqd pul muomalasining erkinlashtirilishi ortidan iqtisodiyotda va banklar orqali naqd pul aylanmalari hajmlarining kengayib borishi oqibatida:
1.
naqd pulda to‘lovlarni amalga oshirishda, ularni olib yurish, saqlash;2.
naqd pullar bilan ishlash, ayniqsa banklarda naqd pullarni sanash, saralash va o‘rab-bog‘lash jarayonlarida qulaylik va yengillik yaratish maqsadida yanada kattaroq nominaldagi banknotga ehtiyoj yuzaga kelishi 2019 yil fevralda 100 000 so‘mlik banknotning muomalaga chiqarilishiga sabab bo‘ldi.E’tibor qaratadigan bo‘lsak, mamlakatimizda qisqa muddat ichida amalga oshirilgan iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlari ortidan naqd pulga bo‘lgan talabning oshishi va ushbu talabni qondirish uchun (oraliq nominaldagi pul belgilaridan sakrab o‘tib) kattaroq nominaldagi banknotlarni muomalaga chiqarish zaruriyati yuzaga keldi.
Ikkinchidan, Markaziy bank tomonidan amalda 2018-yildan boshlangan muomaladagi naqd pullarning nominal qatorini optimallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida:
50, 100, 200, 500 so‘mlik yangi namunadagi tangalarning muomalaga chiqarildi hamda ushbu nominaldagi eski namunadagi tangalar va banknotlar bosqichma-bosqich muomaladan qaytarib olindi (bu jarayon Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan haliyam amalga oshirilmoqda);
25 so‘m va undan kichik nominaldagi banknotlar va tangalarning 2020-yil 1-martdan boshlab qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotdi.
Ushbu chora-tadbirlarning davomi sifatida bugungi kunda 2000 so‘mlik va 20 000 so‘mlik banknotlarni muomalaga chiqarish orqali pul belgilarining nominal qatori to‘ldirilmoqda.
- 2000 so‘mlik va 20 000 so‘mlik banknotlarni muomalaga chiqarilishi inflyatsiyaga ta’sir ko‘rsatmaydimi?
- Yangi banknotalar muomalaga chiqarilishining milliy valyuta qadriga, pul massasiga yoki inflyatsiya darajasiga hech qanday ta’siri bo‘lmaydi. Bunda yangi banknotning muomalaga chiqarilishi bu muomalaga qo‘shimcha pul mablag‘larining chiqarilishi sifatida ko‘rilmasligi lozim.
Aholiga naqd puldagi to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida chiqarilayotgan mazkur pul belgilari muomalada bo‘lgan boshqa banknotlarning o‘rniga chiqariladi. Ya’ni, muomaladagi naqd pul mablag‘lari hajmida ham va iqtisodiyotdagi pul massasi hajmida ham o‘zgarish bo‘lmaydi.
Iqtisodiyotdagi pul massasi o‘zgarmaganidan keyin yangi muomalaga chiqarilayotgan banknotlar inflyatsiya darajasiga va so‘mning almashuv kursiga ta’sir etmaydi.
Bunda iqtisodiy faollikning tiklanishi va iqtisodiy o‘sish bilan bir qatorda pul massasiga, xususan, naqd pul mablag‘lariga bo‘lgan talab mos ravishda ortib boradi hamda qo‘shimcha pul mablag‘lari muomalaga chiqariladi.
Yangi qiymatdagi banknotlar ham aynan iqtisodiyotda tabiiy ravishda shakllangan pulga bo‘lgan talabning bosqichma-bosqich ortib borishi fonida boshqa qiymatdagi banknotlar bilan birgalikda chiqarib boriladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, Markaziy bankning pul-kredit siyosati inflyatsion targetlash rejimida amalga oshirilayotgan bo‘lib, asosiy e’tibor iqtisodiyotda inflyatsiya darajasini pasaytirish, narxlar barqarorligini ta’minlash va shu orqali makroiqtisodiy barqarorlikka erishishga qaratilgan.