Putin migrantlarga hujjatlarni uzaytirmasdan Rossiyada bo‘lishga ruxsat berdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti migrantlarning 30-sentabrgacha o‘z maqomlarini qonuniylashtirmasdan Rossiyada bo‘lishiga ruxsat berdi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oqibatlarini bartaraf etish davrida Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holatini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmonni imzoladi.
Rabota mobilnix punktov vaksinatsii v Kazani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2021
Putin mehnat migrantlarini pullik emlash tizimini yaratish haqida topshiriq berdi
Unga ko‘ra, migrantlarga hujjatlarni uzaytirmasdan Rossiyada bo‘lishga ruxsat berildi. RF prezidenti farmoni bilan ushbu davlatda noqonuniy bo‘lib turgan mehnat migrantlariga 2021-yil 30-sentabriga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berildi.
Farmonga asosan ruxsat beruvchi hujjatlarga ega bo‘lmagan migrantlar 30-sentabrgacha o‘zlarining maqomlarini qonuniylashtirish uchun Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishlari yoki Rossiyani tark etishi mumkin.
Migrantlar hech qanday huquqbuzarlik sodir etmagan bo‘lsa 30-sentabrgacha mamlakatdan chiqarib yuborilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0