AQSh yirik kimyo zavodida yong‘in yuz berdi, aholi evakuatsiya qilinmoqda - video

CC0 / pixabay / Pojarnaya mashina na meste vozgoraniya. Illyustrativnoe foto
Pojarnaya mashina na meste vozgoraniya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
Obuna bo‘lish
Illinoys shtatidagi Rokton shahrida Chemtool kimyo zavodida yong‘in sodir bo‘ldi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Illinoys shtatidagi Rokton shahrida Chemtool kimyo zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Hozirda hodisa sodir bo‘lgan joydan aholi va korxona ishchilari evakuatsiya qilinmoqda, deb yozadi RIA Novosti amerikalik OAV ma’lumotlariga asosan.
Ta’kidlanishicha, ertalab zavodda yong‘in boshlandi, sabab hozircha noma’lum.
Olovni suv bilan o‘chirishdan voz kechildi. Yong‘in o‘chirish xizmati boshlig‘i Rokton Kirk Uilsonning so‘zlariga ko‘ra, bu Missisipi darosining irmog‘i bo‘lgan Rok darosiga xavfli suv oqib tushishiga olib kelishi mumkin.
Mahalliy hokimiyat organlari oltingugurt kislotasi, azot va qo‘rg‘oshin kabi kimoviy moddalarning tarqalish xavfidan xavotirda.
Sog‘liqni saqlash departamenti xodimi Sandra Martell fuqarolarga ko‘chada niqob taqishni tavsiya qildi.
Yangiliklar lentasi
0