https://oz.sputniknews.uz/20210614/sergelida-havoni-bulgagan-22-nafar-korxona-masullariga-mamuriy-ish-ochildi-19230798.html
Sergelida havoni bulg‘agan 22 nafar korxona ma’sullariga ma’muriy ish ochildi
Sergelida havoni bulg‘agan 22 nafar korxona ma’sullariga ma’muriy ish ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Bektemir Salar suv tozalash inshootlariga Texnik suvlarni yetarlicha tozalamasdan turib oqizgan korxonalar faoliyati to‘xtatildi, ma’sullar javobgarlikka... 14.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-14T12:11+0500
2021-06-14T12:11+0500
2021-06-14T12:12+0500
jamiyat
o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0d/18707675_0:191:3077:1922_1920x0_80_0_0_1366b2ea9a9279a60d0189818529cb0c.jpg
TOShKENT, 14-iyun - Sputnik. Sergeli tumanidagi uzoq vaqt davomida suv va havoni ifloslantirishga sabab bo‘lgan korxonalarning 22 nafar ma’sul shaxslariga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish ochildi, deb xabar qilmoqda Davlat Ekologiya qo‘mitasi. Shuningdek, Salar oqova suv tozalash inshootiga ishlab chiqarish oqova suvlarini tashlovchi 18 ta korxonadan 11 tasida tekshirishlar amalga oshirildi. Meyor darajasida tozalanmagan oqova tashlayotgan korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.Undan tashqari, Bektemir tumanida joylashgan 9 ta korxona tomonidan berilgan majburiy ko‘rsatmalar o‘z vaqtida bajarilmaganligi sababli davlat ekologik ekspertizasining belgilangan muddatdan oldin amal qilishini to‘xtatish va shahar kanalizatsiya tarmog‘idan uzish maqsadida Toshkent shahar iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilgan. Eslatib o‘tamiz, Sergeli tumani “O‘zgarish” mahallasi aholisi yoqimsiz hid kelayotgani haqida uzoq vaqtdan buyon arz qilib kelayotgan edi. Ushbu borada ko‘p marortaba o‘tkazilgan tekshiruvlar natija bermaganidan keyin Toshkent shahar hokimligi, suv-oqava tizimi, ekologiya qo‘mitasi xodimlaridan iborat qo‘shma komissiya tuzilib kanal bo‘yida joylashgan korxonalar yoppsiga tekshirilgan va ularning bir nechasi faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210607/salar-tozalash-inshooti-atrofidagi-barcha-korxonalar-faoliyati-toxtatildi-19115626.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0d/18707675_184:0:2915:2048_1920x0_80_0_0_9ff3ba569e30475bfaabbc0aa09bc561.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
jamiyat, o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
Sergelida havoni bulg‘agan 22 nafar korxona ma’sullariga ma’muriy ish ochildi
12:11 14.06.2021 (yangilandi: 12:12 14.06.2021) Bektemir Salar suv tozalash inshootlariga Texnik suvlarni yetarlicha tozalamasdan turib oqizgan korxonalar faoliyati to‘xtatildi, ma’sullar javobgarlikka tortilmoqda.
TOShKENT, 14-iyun - Sputnik. Sergeli tumanidagi uzoq vaqt davomida suv va havoni ifloslantirishga sabab bo‘lgan korxonalarning 22 nafar ma’sul shaxslariga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish ochildi, deb
xabar qilmoqda Davlat Ekologiya qo‘mitasi.
Bektemir va Salar oqova suv tozalash inshootlariga texnik suvlarni tashlovchi korxonalarda amalga oshirilgan tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, korxona va tashkilotlarning 22 nafar mas’ullariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksi tegishli moddalari bilan ma’muriy ishlar qo‘zg‘atildi, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Salar oqova suv tozalash inshootiga ishlab chiqarish oqova suvlarini tashlovchi 18 ta korxonadan 11 tasida tekshirishlar amalga oshirildi. Meyor darajasida tozalanmagan oqova tashlayotgan korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Undan tashqari, Bektemir tumanida joylashgan 9 ta korxona tomonidan berilgan majburiy ko‘rsatmalar o‘z vaqtida bajarilmaganligi sababli davlat ekologik ekspertizasining belgilangan muddatdan oldin amal qilishini to‘xtatish va shahar kanalizatsiya tarmog‘idan uzish maqsadida Toshkent shahar iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, Sergeli tumani “O‘zgarish” mahallasi aholisi yoqimsiz hid kelayotgani haqida uzoq vaqtdan buyon arz qilib kelayotgan edi.
Ushbu borada ko‘p marortaba o‘tkazilgan tekshiruvlar natija bermaganidan keyin Toshkent shahar hokimligi, suv-oqava tizimi, ekologiya qo‘mitasi xodimlaridan iborat qo‘shma komissiya tuzilib kanal bo‘yida joylashgan korxonalar yoppsiga tekshirilgan va ularning bir nechasi faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan edi.