https://oz.sputniknews.uz/20210613/olis-hududlarda-joylashgan-bogchalarga-subsidiyalar-tolanadi-19223606.html
Olis hududlarda joylashgan bog‘chalarga subsidiyalar to‘lanadi
Olis hududlarda joylashgan bog‘chalarga subsidiyalar to‘lanadi
Sputnik O‘zbekiston
Har bir tarbiyalanuvchi bola uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 75 foizi miqdorida... 13.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-13T09:13+0500
2021-06-13T09:13+0500
2021-06-13T09:13+0500
iqtisod
maktabgacha ta’lim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/03/18126529_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_e593866a9c1a01649c1ddc87018b2a54.jpg
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-iyuldan:Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida oylik kompensatsiyalar to‘lanadi.2018–2019 yillarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval berilgan kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddati 2022-yil 1-yanvarga qadar uzaytiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/03/18126529_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_47c2408ddbed1a6ea5411651daee15f1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, maktabgacha ta’lim
iqtisod, maktabgacha ta’lim
Olis hududlarda joylashgan bog‘chalarga subsidiyalar to‘lanadi
Har bir tarbiyalanuvchi bola uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 75 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident
qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-iyuldan:
belgilangan tumanlarda 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun 7-yil muddatga 2-yillik imtiyozli davr bilan 5 foizlik stavkada kreditlar ajratiladi;
olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi tegishli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga:
har bir tarbiyalanuvchi bola uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 75 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi;
Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi;
Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida oylik kompensatsiyalar to‘lanadi.
2018–2019 yillarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval berilgan kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddati 2022-yil 1-yanvarga qadar uzaytiriladi.