https://oz.sputniknews.uz/20210613/ikki-mingta-oilaviy-nodavlat-bogchalar-faoliyati-yolga-qoyiladi--19223745.html
Ikki mingta oilaviy nodavlat bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Ikki mingta oilaviy nodavlat bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar... 13.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-13T09:29+0500
2021-06-13T09:29+0500
2021-06-13T09:29+0500
jamiyat
maktabgacha ta’lim
bog‘chalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/03/18126461_0:330:2731:1866_1920x0_80_0_0_66d6140db253ad2c5086fe6c004f16a6.jpg
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.Qarorga muvofiq, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan 53 ta tumanda 2021–2022 yillarda:Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-iyuldan:- oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga mavjud quvvatiga qarab 50 nafargacha bolani tarbiyalashga hamda tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib 4 nafargacha tarbiyachi va yordamchilarni yollashga ruxsat beriladi;- oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan yollangan (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida – 2 nafargacha, boshqa hududlarda – 4 nafargacha) tarbiyachi va yordamchilarga tegishli toifa bo‘yicha qisqa muddatli yoki 9 soatlik davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlarida va hajmlarda ish haqi to‘lanadi;- oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmalari orqali o‘quv materiallari bilan bepul ta’minlanadi;- 2022-yil 1-yanvarga qadar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga mebel, jihoz va asbob-uskunalarni sotib olish uchun 30 million so‘mgacha miqdorda 3-yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 5 foizli stavkada kreditlar ajratiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/03/18126461_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_bcec092c4fa4e78ee0fa3886c1e467ed.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, maktabgacha ta’lim, bog‘chalar
jamiyat, maktabgacha ta’lim, bog‘chalar
Ikki mingta oilaviy nodavlat bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident
qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan 53 ta tumanda 2021–2022 yillarda:
2 mingta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, buning hisobiga 50 ming nafar tarbiyalanuvchi uchun yangi o‘rinlar yaratiladi;
umumiy quvvati 11,2 ming o‘rindan ziyod bo‘lgan 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
quvvati 7,5 ming o‘ringa teng bo‘lgan 50 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti quriladi;
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish hisobiga ularning soni 20 mingtaga yetkaziladi hamda 7,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-iyuldan:
- oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga mavjud quvvatiga qarab 50 nafargacha bolani tarbiyalashga hamda tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib 4 nafargacha tarbiyachi va yordamchilarni yollashga ruxsat beriladi;
- oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan yollangan (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida – 2 nafargacha, boshqa hududlarda – 4 nafargacha) tarbiyachi va yordamchilarga tegishli toifa bo‘yicha qisqa muddatli yoki 9 soatlik davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlarida va hajmlarda ish haqi to‘lanadi;
- oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmalari orqali o‘quv materiallari bilan bepul ta’minlanadi;
- 2022-yil 1-yanvarga qadar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga mebel, jihoz va asbob-uskunalarni sotib olish uchun 30 million so‘mgacha miqdorda 3-yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 5 foizli stavkada kreditlar ajratiladi.