“UzAuto Motors” Tojikistonda o‘z avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yadi

© FOTO / ASKAR YACUBOV Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tojikistonda o‘z avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yadi. “Auto Motors Tadjikistan” qo‘shma korxonasi tashkil etiladi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. “UzAuto Motors” Tojikistonda avtomobil yig‘ishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Tojikistonning Boxtar shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi O‘zbekiston – Tojikiston hududlararo investitsiyaviy forumida “UzAuto Motors” AJning yengil avtomobillarini ishlab chiqarish "Auto Motors Tadjikistan" qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolangan.
V Tadjikistane sostoyalsya 1-y Uzbeksko-tadjikskiy mejregionalniy investitsionniy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2021
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 730 mln dollarlik shartnomalar imzolandi
Mazkur loyiha 2021-yilning 21-aprel kuni Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vaziri – Sherali Kabirning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan.
Unga ko‘ra, 5-7 may kunlari “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan ishchi guruh Tojikistonda bo‘lib, hamkor “AlyuminSoxtmon” kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatini o‘rganib, qo‘shma korxona yaratish bo‘yicha muzokaralar olib borib qaytgan.
Umumiy qiymati 2 mln dollarni tashkil qilgan loyihaning dastlabki bosqichida ishlab chiqarish hajmi 10 000 dona transport vositasini tashkil etadi. Kelgusida uni 35 000 donaga oshirish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0