Senat: “Uzbekistan Airways” chiptalari narxi o‘rtacha 36 foizdan 148 foizgacha qimmat

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishGrajdanka Uzbekistana v novosibirskom aeroportu Tolmachevo
Grajdanka Uzbekistana v novosibirskom aeroportu Tolmachevo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2021
Obuna bo‘lish
“Uzbekistan Airways” aviachiptalari boshqa aviakompaniyalarnikiga nisbatan o‘rtacha 36 foizdan 148 foizgacha qimmat ekanini aniqlandi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Senator so‘roviga asosan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “Uzbekistan Airways” kompaniyasining aviachiptalar va aviatashish xizmatlarini o‘rgandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, aviakassalarda “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda mavjud barcha tariflar haqidagi ma’lumotlar iste’molchilarga to‘liq yetkazilmagan.
Shuningdek, aviakompaniya Toshkent-Moskva bir tomonlama yo‘nalishda chiptalar “bagajsiz ekonom” sinfida 131 yevrodan 211 yevrogacha, “ekonom” sinfida 145 yevrodan 335 yevrogacha, biznes-sinfda 642 yevrodan 862 yevrogacha etib belgilagan bo‘lsa-da, arzon narxlardagi aviachiptalarni sotuvga chiqarmagan.
Grajdane Uzbekistana v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2021
“Nega qimmat”: senatorlar aviachiptalar narxi yuzasidan MQKQga so‘rov yubordi
Bundan tashqari, o‘rganishlar davomida kompaniya mahalliy yo‘nalishlar uchun belgilangan narxlar boshqa davlatlardagi narxlardan qimmatligi, xususan, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan belgilangan narxlar xorijiy aviakompaniyalarning narxlaridan o‘rtacha 36 foizdan 148 foizgacha yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi.
“Toshkent-Urganch (uchish vaqti 1 soat 15 minut) yo‘nalish bo‘yicha “bagajsiz ekonom” sinfidagi chipta narxi o‘rtacha 41 yevro etib belgilangan. Huddi shu xizmat Rossiyada (Sankt-Peterburg-Moskva – yo‘nalishi 1 soat 30 minut) o‘rtacha 27 yevroni tashkil etadi. Bundan ko‘rish mumkinki, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan parvoz uchun belgilangan narx 56 foizga qimmat. “Uzbekistan Airways” AJning ushbu yo‘nalish bo‘yicha “ekonom” sinfidagi aviachipta narxi Qozog‘istondagi aviakompaniyadagi narxlardan 40 foizga, Turkiyadagi aviakompaniya narxlaridan esa 146 foiz qimmat ekanligi aniqlandi” – deyiladi xabarda.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ushbu muammolarni bartaraf etish va kelgusida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Transport vazirligiga bir qator takliflar yuborgan.
Bildirilgan takliflarning ijro etilishi Senatning Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq senatorlar aviachiptalar narxining qimmatligi bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga so‘rov yuborgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0