https://oz.sputniknews.uz/20210611/tojikistondan-songgi-3-yilda-qancha-elektr-energiyasi-sotib-olingani-malum-boldi--19209107.html
Tojikistondan yoz mavsumida elektr energiyasi sotib olish sabablari ma’lum bo‘ldi
Tojikistondan yoz mavsumida elektr energiyasi sotib olish sabablari ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston har yil aprel - sentabr oylarida Tojikistondan 1,4 mlrd elektr energiyasi xarid qiladi. Bu respublikadagi IESlarni ta’mirlash va samarali melioratsiya... 11.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-11T12:46+0500
2021-06-11T12:46+0500
2021-06-11T12:54+0500
iqtisod
elektr energiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/401/81/4018168_0:289:3127:2047_1920x0_80_0_0_4548c4c12163c6e49fc8470871781709.jpg
TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari Tojikistondan so‘nggi 3-yil davomida sotib olingan energiya miqdorini ma’lum qildi. O‘zbekiston energetika hamda suv resurslari muvozanatini saqlash, iste’molchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida 2018-yildan boshlab Tojikiston Respublikasidan elektr energiyasi mavsumiy import amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan edi.* 2020-yilda aslida 1 255,0 mln. kVt•soat elektr energiyasini import qilish belgilangan edi, lekin Vaxsh darosining suvi 50 % kamayganligi natijasida “Nurek GES” suv omborida suv sathi pasaygan va Tojikiston tomon murojaatiga asosan elektr energiyasi yetkazib berish qisman to‘xtatilgan.Ma’lumot uchun, Tojikiston Respublikasidan yozgi mavsumda, ya’ni qishloq xo‘jaligida sug‘orish ishlari jadal olib borayotgan paytda (melioratsiya davrida) elektr energiyasi import amaliyoti O‘zbekistonda suv resurslari muvozanatini saqlash uchun muhim bo‘lib, kecha-yu kunduz — to‘xtovsiz ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarida sozlash va ta’mirlash ishlarini olib borishga sharoit yaratadi. Bunday mavsumda O‘zbekistonda mavjud gidroinshootlarda ham elektr energiyasi ishlab chiqarish hamji birmuncha oshadi, - deyilgan xabarda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/401/81/4018168_123:0:2852:2047_1920x0_80_0_0_55d3d5850ff483fe9597c1774594fbec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, elektr energiyasi
iqtisod, elektr energiyasi
Tojikistondan yoz mavsumida elektr energiyasi sotib olish sabablari ma’lum bo‘ldi
12:46 11.06.2021 (yangilandi: 12:54 11.06.2021) O‘zbekiston har yil aprel - sentabr oylarida Tojikistondan 1,4 mlrd elektr energiyasi xarid qiladi. Bu respublikadagi IESlarni ta’mirlash va samarali melioratsiya uchun xizmat qiladi.
TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari Tojikistondan so‘nggi 3-yil davomida sotib olingan energiya miqdorini
ma’lum qildi.
O‘zbekiston energetika hamda suv resurslari muvozanatini saqlash, iste’molchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida 2018-yildan boshlab Tojikiston Respublikasidan elektr energiyasi mavsumiy import amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan edi.
2018 yil aprel-sentabr oylarida 1 480,9 mln. kVt•soat elektr energiyasi import qilingan;
2019 yil aprel-oktabr oylarida 1 425,1 mln. kVt•soat elektr energiyasi import qilingan;
2020 yil may-sentabr oylarida 566,7 mln. kVt•soat elektr energiyasi import qilindi;*
2021 yil may-sentabr oylarida jami 1 430,0 mln. kVt•soat elektr energiyasi import qilinishi -
rejalashtirilgan.
* 2020-yilda aslida 1 255,0 mln. kVt•soat elektr energiyasini import qilish belgilangan edi, lekin Vaxsh darosining suvi 50 % kamayganligi natijasida “Nurek GES” suv omborida suv sathi pasaygan va Tojikiston tomon murojaatiga asosan elektr energiyasi yetkazib berish qisman to‘xtatilgan.
Ma’lumot uchun, Tojikiston Respublikasidan yozgi mavsumda, ya’ni qishloq xo‘jaligida sug‘orish ishlari jadal olib borayotgan paytda (melioratsiya davrida) elektr energiyasi import amaliyoti O‘zbekistonda suv resurslari muvozanatini saqlash uchun muhim bo‘lib, kecha-yu kunduz — to‘xtovsiz ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarida sozlash va ta’mirlash ishlarini olib borishga sharoit yaratadi. Bunday mavsumda O‘zbekistonda mavjud gidroinshootlarda ham elektr energiyasi ishlab chiqarish hamji birmuncha oshadi, - deyilgan xabarda.