https://oz.sputniknews.uz/20210611/shavkat-mirziyoev-xojandga-etib-keldi-dasturdan-nimalar-orin-olgan-19210706.html
Shavkat Mirziyoyev Xo‘jandga yetib keldi: dasturdan nimalar o‘rin olgan
Shavkat Mirziyoyev Xo‘jandga yetib keldi: dasturdan nimalar o‘rin olgan
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti tashrifining ikkinchi kunida Xo‘jand viloyatiga yetib keldi. Bu Shavkat Mirziyoyevning Xo‘jand viloyatiga ilk tashrifidir. 11.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-11T14:07+0500
2021-06-11T14:07+0500
2021-06-11T14:07+0500
shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun
shavkat mirziyoyev
emomali rahmon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0b/19209577_0:322:3068:2048_1920x0_80_0_0_575cabe11f52aa077bcb8e9ddb5be894.jpg
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga rasmiy tashrifining ikkinchi kunida Xo‘jand shahriga yetib keldi. O‘zbekiston prezidentini Xo‘jand aeroportida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Axmadzoda va boshqa rahbarlar kutib olishdi. Tashrifi oldidan Xo‘jand shahrida katta tayyorgarlik ko‘rilgan, aeroport va ko‘chalar ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan. Prezidentlar qisqa uchrashuvdan so‘ng Arbob saroyiga yo‘l olishdi. U yerda ikki respublika intelligensiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon "Baxri Tochik" (Tojik dengizi) suv omboriga, So‘g‘d gilam fabrikasiga hamda Vahdat bog‘idagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurishadi. Ma’lmuot uchun, Arbob saroyi – 1950-yillarda Sankt-Peterburgdagi Petergof saroyi arxitektura uslubida qurilgan. Oldin bu yer kolxozchilar madaniyat saroyi bo‘lgan. Ushbu saroy Tojikiston uchun alohida ahamiyatga ega. 1992-yilda aynan ushbu saroyda Tojikiston mustaqilligi e’lon qilingan. 1990-yillar oxirida Tojikistonda fuqaro urushida tinchlik sulhi ham shu yerda tuzilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0b/19209577_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_f656d902a17f770172db957c83d2360b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun, shavkat mirziyoyev, emomali rahmon
shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun, shavkat mirziyoyev, emomali rahmon
Shavkat Mirziyoyev Xo‘jandga yetib keldi: dasturdan nimalar o‘rin olgan
O‘zbekiston prezidenti tashrifining ikkinchi kunida Xo‘jand viloyatiga yetib keldi. Bu Shavkat Mirziyoyevning Xo‘jand viloyatiga ilk tashrifidir.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga rasmiy tashrifining ikkinchi kunida Xo‘jand shahriga yetib keldi.
O‘zbekiston prezidentini Xo‘jand aeroportida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Axmadzoda va boshqa rahbarlar kutib olishdi.
Tashrifi oldidan Xo‘jand shahrida katta tayyorgarlik ko‘rilgan, aeroport va ko‘chalar ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan.
Prezidentlar qisqa uchrashuvdan so‘ng Arbob saroyiga yo‘l olishdi. U yerda ikki respublika intelligensiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon "Baxri Tochik" (Tojik dengizi) suv omboriga, So‘g‘d gilam fabrikasiga hamda Vahdat bog‘idagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurishadi.
Ma’lmuot uchun, Arbob saroyi – 1950-yillarda Sankt-Peterburgdagi Petergof saroyi arxitektura uslubida qurilgan. Oldin bu yer kolxozchilar madaniyat saroyi bo‘lgan. Ushbu saroy Tojikiston uchun alohida ahamiyatga ega. 1992-yilda aynan ushbu saroyda Tojikiston mustaqilligi e’lon qilingan. 1990-yillar oxirida Tojikistonda fuqaro urushida tinchlik sulhi ham shu yerda tuzilgan.