https://oz.sputniknews.uz/20210611/shavkat-mirziyoev-tojikistonning-yuksak-mukofoti-bilan-taqdirlandi-19204241.html
Shavkat Mirziyoyev Tojikistonning yuksak mukofoti bilan taqdirlandi
Shavkat Mirziyoyev Tojikistonning yuksak mukofoti bilan taqdirlandi
Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonga tashrifning birinchi kuni yakunida taqdirlash marosimi hamda O‘zbekiston va Tojikistonlik san’at ustalari ijrosida katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. 11.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-11T09:53+0500
2021-06-11T09:53+0500
2021-06-11T09:53+0500
shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun
mukofot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0b/19204480_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_67febb6f7b6eec6aea38ac976ff5fed8.jpg
TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Kecha, 10-iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Tojikistonning yuksak mukofoti - I darajali "Zarrintoj" ordeni topshirildi. Shavkat Mirziyoyevni ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun taqdim etilgan Ordenni Tojikiston prezidenti Emomali Raxmon tantanali ravishda topshirdi.O‘zbekiston prezidenti ushbu yuksak e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston va Tojikiston xalqlarining muqaddas yeri, suvi, dini bir, tarixi va taqdiri tashvishu shodliklari mushtarak ekanini qayd etdi.– Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, o‘zaro manfaatli hamkorligimizni rivojlantirib, katta maqsadlarimizga erisha olamiz. Biz doim bir-birimizga tayanch bo‘lishimiz, har qanday qiyinchilik va sinovlarni yelkama-yelka yengib o‘tishimiz lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.– Insonga turli chegaralar o‘rnatish xos bo‘lsa, san’at chegara bilmaydi, uning buyuk vazifasi – odamlarni birlashtirish. Mehr-oqibatli bo‘lish, tinch-totuv yashash – xalqlarimizning azaliy orzusi va samimiy intilishidir. Biz ham, ikki davlat rahbarlari – o‘rtamizdagi chegaralar bizni ajratishga emas, faqat birlashtirishiga xizmat qilishi uchun bundan buyon ham harakat qilamiz.Tinchlik va osoyishtalikni asrash, kelajak avlodlar uchun mamlakatlarimizning barqaror va izchil taraqqiyotini ta’minlash – umumiy burchimiz, – dedi O‘zbekiston Prezidenti.Shundan so‘ng “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida O‘zbekiston va Tojikistonlik san’at ustalari ijrosida katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyovning Tojikistonga rasmiy tashrifi davom etmoqda. Tashrifning ikkinchi kunida So‘g‘d viloyatiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0b/19204480_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_a1169f57c251d738e7a32ab32dbedf66.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun, mukofot
shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun, mukofot
Shavkat Mirziyoyev Tojikistonning yuksak mukofoti bilan taqdirlandi
Tojikistonga tashrifning birinchi kuni yakunida taqdirlash marosimi hamda O‘zbekiston va Tojikistonlik san’at ustalari ijrosida katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Kecha, 10-iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Tojikistonning yuksak mukofoti - I darajali "Zarrintoj" ordeni topshirildi.
Shavkat Mirziyoyevni ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun taqdim etilgan Ordenni Tojikiston prezidenti Emomali Raxmon tantanali ravishda topshirdi.
O‘zbekiston prezidenti ushbu yuksak e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston va Tojikiston xalqlarining muqaddas yeri, suvi, dini bir, tarixi va taqdiri tashvishu shodliklari mushtarak ekanini qayd etdi.
– Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, o‘zaro manfaatli hamkorligimizni rivojlantirib, katta maqsadlarimizga erisha olamiz. Biz doim bir-birimizga tayanch bo‘lishimiz, har qanday qiyinchilik va sinovlarni yelkama-yelka yengib o‘tishimiz lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
– Insonga turli chegaralar o‘rnatish xos bo‘lsa, san’at chegara bilmaydi, uning buyuk vazifasi – odamlarni birlashtirish. Mehr-oqibatli bo‘lish, tinch-totuv yashash – xalqlarimizning azaliy orzusi va samimiy intilishidir. Biz ham, ikki davlat rahbarlari – o‘rtamizdagi chegaralar bizni ajratishga emas, faqat birlashtirishiga xizmat qilishi uchun bundan buyon ham harakat qilamiz.
Tinchlik va osoyishtalikni asrash, kelajak avlodlar uchun mamlakatlarimizning barqaror va izchil taraqqiyotini ta’minlash – umumiy burchimiz, – dedi O‘zbekiston Prezidenti.
Shundan so‘ng “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida O‘zbekiston va Tojikistonlik san’at ustalari ijrosida katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyovning Tojikistonga rasmiy tashrifi davom etmoqda. Tashrifning ikkinchi kunida So‘g‘d viloyatiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.