Savdo, energetika va do‘stlik: O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlari

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatida ikkinchi marta qo‘shni Tojikistonga tashrif buyurdi.
Butun dunyo uchun murakkab bo‘lgan pandemiya yilida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro tashqi savdo aylanmasi 3 baravar oshib, yarim milliard dollarga yaqinlashdi, 2021-yil oxiriga kelib ushbu ko‘rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilgan.
O‘zbekiston hududida qo‘shni davlat kapitali ishtirokidagi 200ga yaqin korxona faoliyat yuritadi, Tojikistonda esa 60 ta o‘zbekistonlik ishbilarmonlar ishlamoqda.
Mamlakatlar qo‘shma energetika loyihalarini amalga oshirmoqda va tranzit, energetika, qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi sohalarda o‘zaro faol hamkorlik qiladi.
Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida munosabatlar haqida ma’lumot infografikamizda ko‘rsatilgan.
Yangiliklar lentasi
0