Qonunchilik palatasi deputati Safar Ostonov vafot etdi

© Zakonodatelnaya palata Oliy MajlisaSkonchalsya zaslujenniy jurnalist Uzbekistana Safar Ostonov
Skonchalsya zaslujenniy jurnalist Uzbekistana Safar Ostonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Safar Ostonov vafot etdi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ostonov Safar Ostonovich 72 yoshida vafot etdi.
U 1999-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, u O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi ham hisoblanadi.
Vrachi vo vremya operatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Koronavirus O‘zbekistonda: yana 3 kishi vafot etdi
Safar Ostonov 1948-yil 13-noyabrida Samarqand viloyatida tavallud topgan. 1972-yili Toshkent davlat universitetini (O‘zbekiston Milliy universiteti) tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 1971-yili Respublika yoshlar gazetasida musahhih vazifasidan boshlagan. 1990−1996 yillari “Sport”, “O‘zbekiston futboli” gazetalarida bosh muharrir, 1996−2002 yillarda O‘zbekiston prezidenti devoni yetakchi konsultant, bosh konsultant vazifalarida ishlagan.
2002 yildan buyon "O‘zbekiston ovozi" va "Golos Uzbekistana" gazetalari bosh muharriri sifatida ishlab kelayotgan edi.
Ostonov 2019-yilgi parlament saylovlarida 63-Kattaqo‘rg‘on saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalq demokratik partiyasi deputati etib saylangan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan a’zosi bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0