“Odamlarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish”: Dexqonobodda zamonaviy DXM ochildi
16:44 10.06.2021 (yangilandi: 16:49 10.06.2021)
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNoviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Obuna bo‘lish
Dexqonoboddagi yangi inklyuziv davlat xizmatlari markazi o‘z ishini boshladi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Bugun respublikaning chekka hududlaridan biri bo‘lgan Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yangi, zamonaviy Davlat xizmatlari markazining (DXM) ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNoviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
Noviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Markaz Davlat xizmatlari agentligining mablag‘lari hisobiga qurilgan va BMTTD va Yevropa Ittifoqi ko‘magida jihozlangan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNoviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
Noviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Yangi Davlat xizmatlari markazi - Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida sinov hududlari sifatida tanlab olingan 7ta hududlardan biridir.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNoviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
Noviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Mazkur markaz zamonaviy axborot-kommunikatsiya uskunalari (serverlar, shaxsiy komputerlar, tarmoq va telekommunikatsiya qurilmalari, videokuzatuv moslamalari, foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari bilan tanishish moslamalar va boshqalar) bilan jihozlangan, shuningdek, bu yerda fuqarolar uchun qulay kutish joyi yaratilgan va zamonaviy sovitish tizimi bilan ta’minlangan.
Markaz binosi qurilishi jarayonida uning zamonaviy shaharsozlik standartlariga muvofiqligi va fuqarolar, xususan, nogironligi bor insonlar uchun qulay sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor berilgan. Elektron navbat tizimi, axborot kioskasi, elektron xizmatlardan mustaqil ravishda foydalanish uchun qurilma, bolalar maydonchasi, bufet, mini-kutubxona va WiFi mavjud. Markazda mustaqil ravishda davlat xizmatlaridan foydalanishning turli imkoniyatlari to‘g‘risida tashrif buyuruvchilar xabardorligini oshirish maqsadida plakatlar va axborot stendlari o‘rnatilgan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNoviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
Noviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Bu yerda boshqa aksariyat Davlat xizmatlari markazlaridagi kabi, eksterritorial asosda, ya’ni fuqaroning doimiy yashash joyidan qat’iy nazar xizmatlar taqdim etiladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNoviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
Noviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Dehqonoboddagi yangi Davlat xizmatlari markazida 157ga yaqin davlat xizmatlarini taqdim etiladi va kuniga 100 kishiga xizmat ko‘rsatishga qodir. Bundan tashqari, ushbu markaz binosida tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Bosh vazir qabulxonasi va Prezidentning Xalq qabulxonasi joylashgan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNoviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
Noviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Yaqin kelajakda qo‘shma loyiha ko‘magida Markazda Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash markazi ham o‘z faoliyatini boshlaydi. U yerda ayollar biznesni boshlash va yuritish, huquqiy masalalar, bepul psixolog maslahati va yordamini olishlari mumein bo‘ladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNoviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
Noviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Markaz aholining barcha qatlamlariga, shu jumladan kichik bolali ayollar, turli guruhdagi nogironligi bor insonlar, yoshlar va qariyalarga mo‘ljallangan. 149 mingdan ortiq aholi istiqomat qiluvchi Dehqonobod tumanida aholining qariyb 3 foizini nogironligi mavjud insonlar tashkil qiladi. Ulardan 400dan ortiq nafari nogironlar aravachalari yordamida harakatlanadi va 66 nafari ko‘zi ojiz insonlardir. Davlat xizmatlaridan foydalanishni yanada yaxshilash maqsadida Davlat xizmatlari agentligi Qo‘shma loyiha ko‘magida barcha pilot turdagi xizmat ko‘rsatish markazlarini, shu jumladan Dehqonobod tumanidagi Davlat xizmatlari markazinini panduslar, tutqichlar, shuningdek, nogironlik aravachalari va boshqa zaruriy sharoitlar bilan ta’minlamoqda.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNoviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
Noviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Davlat xizmatlaridan foydalanishning qulayligini oshirish maqsadida Brayl yozuvidan foydalanish, nogironligi bor insonlarga xizmat ko‘rsatish markazlari operatorlari uchun treninglar o‘tkazish va davlat xizmatlari portalida imkoniyati cheklangan insonlar uchun maxsus tab ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Dehqonobod Davlat xizmatlari markazida ilk bor volontorlar (ko‘ngilli) dasturi amaliyotda qo‘llanishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu dastur doirasida volonterlarni Davlat xizmatlari agentligi va uning markazlari faoliyatiga ko‘maklashishga jalb etish, ya’ni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari - nogironlar, keksalar va kichik bolali ayollarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishga ko‘maklashishga qaratilgan.