https://oz.sputniknews.uz/20210610/alyumin-kuzov-va-barmoq-izi-toyota-yangi-land-cruiser-300ni-taqdim-etdi-19191693.html
Alyumin kuzov va barmoq izi: Toyota yangi Land Cruiser 300ni taqdim etdi
Alyumin kuzov va barmoq izi: Toyota yangi Land Cruiser 300ni taqdim etdi
Sputnik O‘zbekiston
Land Cruiser 300 - asosiy o‘zgarishlar: tashqi kuzov panellari alyumin, eng kuchli dvigatel - turbo V6, o‘g‘irlashdan barmoq yordamida himoyalangan. 10.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-10T15:16+0500
2021-06-10T15:16+0500
2021-06-10T15:16+0500
dunyoda
avtomobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0a/19191331_0:0:1600:900_1920x0_80_0_0_80a896988bfa7f045f773d2ccb250648.jpg
TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. Toyota kompaniyasining butun dunyoga mashhur Land Cruiser yo‘ltanlamas avtomobillarining yangi seriyasi - Land Cruiser 300 taqdim etildi. Yangi Land Cruiser chiqishi ushbu afsonaviy avtomobillar ishlab chiqaarishning 70-yillik yubileyiga to‘g‘ri keldi. Ha-ha eng birinchi Toyota Land Cruiser BJ 1951-yilda ishlab chiqarilgan va Toyota kompaniyasining ilk yengil avtomobili bo‘lgan. Ekologiya va ekonomiya Ekologiya va tejamkorlik talablariga ko‘ra, bundan buyon Land Cruiser avtomobillari V8 turdagi dvigatellar bilan jihozlanmaydi. Uning o‘rniga 2ta turbinali V6 dvigateli o‘rnatiladi. Shunday bo‘lsada uning quvvati 415 ot kuchi va tortish kuchi 650 NM (oldingi V8 - 309 ot kuchi va 439 NM)ga ega bo‘ladi. Buning evaziga avtomobil yanada tezroq yuradigan bo‘ldi. Og‘irligi 2,6 tonna bo‘lgan avtomobil 0 dan 100gacha 6,7 soniyada tezlashadi. Murakkab yo‘l sharoitlarida ham dvigatelning yuqori tortish kuchi tufayli yurishi yengilroq bo‘ladi. Hozircha aniq ma’lumotlar keltirilmagan bo‘lsada, avtomobil oldingiga qaraganda sezilarli darajada yonilg‘i tejamkor bo‘ladi.Turbo motor, albatta, oldingi atmosfera dvigatellarga qaraganda resursi kamroq bo‘lishi mumkin. Bir million kilometr yurmasa ham kamida remontsiz “300 ming yuradi” deyishmoqda Toyota mahsulotlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan ekspertlar va jurnalistlar. Haqiqiy yo‘ltanlamas Avtomobil kuzovida alohida rama saqlab qolingan. Ya’ni avtomobilning kuzovi alohida rama ustiga qo‘ndirilgan. Bu ko‘rsatgich “haqiqiy jip” ishqibozlari uchun juda muhim. Bunday konstruksiya avtomobil kuzovi og‘ir yo‘l sharoitida (yo‘lsizlik sharoitida) mustahkamroq va bardoshliroq bo‘lishga xizmat qiladi. Zamonaviy yengil avtomobillar va krossoverlarda rama yo‘q. Kuzovining o‘zi rama vazifasini bajaradi. Toyota xabar qilishiga ko‘ra, avtomobilning orqa qanotdan boshqa barcha tashqi elementlari alyumindan yasalgan. Ichki elementlar esa – po‘latdan. Buning evaziga avtomobil vazni 200kg ga yengillashtirilgan va kuzov mustahkamligi 20%ga oshirilgan.Xavfsizlik oshirildi Yangi Land Cruiser 300 kuzov yanada mustahkamroq bo‘lishi bilan birga avtomobil faol xavfsizlik tizimlari bilan ham jihozlangan. Ular orasida aktiv radar xavfsizlik tizimi, qarama-qarshi avtomobil haydovchisi ko‘zini qamashtirmaydigan chiroqlar, avtomobil yurish qismini turli yo‘l sharoitlariga avtomatik moslashish tizimlari, atrofni kuzatish kameralari va boshqalar bilan jihozlangan. Undan tashqari, avtomobil mutlaq yangi o‘g‘irlashga qarshi tizim bilan jihozlangan. Ma’lumki Land Cruiser 100 va 200 avtomobillari Rossiyada eng ko‘p o‘g‘irlanadigan avtomobillardan biri edi. Yangi Toyota esa haydovchining barmoq izlari yordamida o‘t oladi. Uning xotirasga 4 kishigacha haydovchilar kiritilshi mumkin. Bundan tizim Toyota tomonidan ilk bor qo‘llanilmoqda. Shuningdek, avtomobil Toyotaning T-Mark o‘g‘irlikka qarshi tizimi bilan himoyalangan. Unda avtomobilning 10 000ta joyida mikrotochkalar bilan markirovka qilingan. Ular yordamida o‘g‘irlangan avtomobilni yoki uning detalini darhol aniqlash mumkin. Yaxshi tomonlari o‘zgarishsiz qoldi Toyota o‘z xaridorlarini juda yaxshi biladi va yangi avtomobillar yaratishda ularning xohish-istaklarini diqqat bilan o‘rganadi. Yangi Land Cruiser 300 tashqi o‘lchamlari Land Cruiser 200 bilan deyarli bir xil, farqi besh millimetr atrofida. Lekin shu bilan birga salondagi o‘rindiqlar yanada qulayroq bo‘lgan, zamon talabiga ko‘ra old panlelda ulkan multimedia ekran o‘rnatilgan. Klimat, musiqa va boshqa boshqaruv organlari faqat ekran orqali emas jismoniy nutqlari ham bor. Aksariyat mijozlar aynan shunday bo‘lishini istagan. Orqa o‘rindiq ham avvalgidek, biroz pastroq bo‘lsada, joy yetarli. Yukoxona eshigi endi faqat tepaga ochiladi. Oldin 2 qismga bo‘linib yarmi pastga yarmi tepaga ochilar edi. Aksariyat xaridorlar buni ma’qullagan chunki, pastga qarab ochiladigan eshik ba’zan yukxona to‘ridagi narsalarni olishga xalal bergan. Faqat haydovchi o‘rindig‘i jussasi yirik bo‘lgan kishilar uchun biroz toraygandek tuyulishi mumkin. Chunki markaziy tonnel juda kengaygan va unda ko‘plab knopkalar va ekran joylashtirilgan. Toyota xabariga ko‘ra, Land Cruiser kompaniyaning eng muvaffaqiyatli modellaridan biridir. 2019-yilning avgust oyida butun dunyo bo‘ylab sotilgan Land Cruiserlar soni 10 million danadan oshib ketgan. Rossiyada 2002 -2019 yillar davomida 400 mingdan ortiq Land Cruiser sotilgan. 2007-yilda savdoga chiqarilgan Land Cruiser 200 konveyerda 14-yil davomida saqlanib turdi. Yangi avtomobil narxi 6 mln rubl ( $82 000) atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0a/19191331_200:0:1400:900_1920x0_80_0_0_dd994f97ffb2c3353e89ebaf6b4d78fc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, avtomobil
Alyumin kuzov va barmoq izi: Toyota yangi Land Cruiser 300ni taqdim etdi
Land Cruiser 300 - asosiy o‘zgarishlar: tashqi kuzov panellari alyumin, eng kuchli dvigatel - turbo V6, o‘g‘irlashdan barmoq yordamida himoyalangan.
TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. Toyota kompaniyasining butun dunyoga mashhur Land Cruiser yo‘ltanlamas avtomobillarining yangi seriyasi - Land Cruiser 300 taqdim etildi.
Yangi Land Cruiser chiqishi ushbu afsonaviy avtomobillar ishlab chiqaarishning 70-yillik yubileyiga to‘g‘ri keldi. Ha-ha eng birinchi Toyota Land Cruiser BJ 1951-yilda ishlab chiqarilgan va Toyota kompaniyasining ilk yengil avtomobili bo‘lgan.
Ekologiya va tejamkorlik talablariga ko‘ra, bundan buyon Land Cruiser avtomobillari V8 turdagi dvigatellar bilan jihozlanmaydi. Uning o‘rniga 2ta turbinali V6 dvigateli o‘rnatiladi. Shunday bo‘lsada uning quvvati 415 ot kuchi va tortish kuchi 650 NM (oldingi V8 - 309 ot kuchi va 439 NM)ga ega bo‘ladi. Buning evaziga avtomobil yanada tezroq yuradigan bo‘ldi.
Og‘irligi 2,6 tonna bo‘lgan avtomobil 0 dan 100gacha 6,7 soniyada tezlashadi. Murakkab yo‘l sharoitlarida ham dvigatelning yuqori tortish kuchi tufayli yurishi yengilroq bo‘ladi. Hozircha aniq ma’lumotlar keltirilmagan bo‘lsada, avtomobil oldingiga qaraganda sezilarli darajada yonilg‘i tejamkor bo‘ladi.
Turbo motor, albatta, oldingi atmosfera dvigatellarga qaraganda resursi kamroq bo‘lishi mumkin. Bir million kilometr yurmasa ham kamida remontsiz “300 ming yuradi” deyishmoqda Toyota mahsulotlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan ekspertlar va jurnalistlar.
Avtomobil kuzovida alohida rama saqlab qolingan. Ya’ni avtomobilning kuzovi alohida rama ustiga qo‘ndirilgan. Bu ko‘rsatgich “haqiqiy jip” ishqibozlari uchun juda muhim. Bunday konstruksiya avtomobil kuzovi og‘ir yo‘l sharoitida (yo‘lsizlik sharoitida) mustahkamroq va bardoshliroq bo‘lishga xizmat qiladi. Zamonaviy yengil avtomobillar va krossoverlarda rama yo‘q. Kuzovining o‘zi rama vazifasini bajaradi.
Toyota xabar qilishiga ko‘ra, avtomobilning orqa qanotdan boshqa barcha tashqi elementlari alyumindan yasalgan. Ichki elementlar esa – po‘latdan. Buning evaziga avtomobil vazni 200kg ga yengillashtirilgan va kuzov mustahkamligi 20%ga oshirilgan.
Yangi Land Cruiser 300 kuzov yanada mustahkamroq bo‘lishi bilan birga avtomobil faol xavfsizlik tizimlari bilan ham jihozlangan. Ular orasida aktiv radar xavfsizlik tizimi, qarama-qarshi avtomobil haydovchisi ko‘zini qamashtirmaydigan chiroqlar, avtomobil yurish qismini turli yo‘l sharoitlariga avtomatik moslashish tizimlari, atrofni kuzatish kameralari va boshqalar bilan jihozlangan.
Undan tashqari, avtomobil mutlaq yangi o‘g‘irlashga qarshi tizim bilan jihozlangan. Ma’lumki Land Cruiser 100 va 200 avtomobillari Rossiyada eng ko‘p o‘g‘irlanadigan avtomobillardan biri edi. Yangi Toyota esa haydovchining barmoq izlari yordamida o‘t oladi. Uning xotirasga 4 kishigacha haydovchilar kiritilshi mumkin. Bundan tizim Toyota tomonidan ilk bor qo‘llanilmoqda.
Shuningdek, avtomobil Toyotaning T-Mark o‘g‘irlikka qarshi tizimi bilan himoyalangan. Unda avtomobilning 10 000ta joyida mikrotochkalar bilan markirovka qilingan. Ular yordamida o‘g‘irlangan avtomobilni yoki uning detalini darhol aniqlash mumkin.
Yaxshi tomonlari o‘zgarishsiz qoldi
Toyota o‘z xaridorlarini juda yaxshi biladi va yangi avtomobillar yaratishda ularning xohish-istaklarini diqqat bilan o‘rganadi.
Yangi Land Cruiser 300 tashqi o‘lchamlari Land Cruiser 200 bilan deyarli bir xil, farqi besh millimetr atrofida. Lekin shu bilan birga salondagi o‘rindiqlar yanada qulayroq bo‘lgan, zamon talabiga ko‘ra old panlelda ulkan multimedia ekran o‘rnatilgan. Klimat, musiqa va boshqa boshqaruv organlari faqat ekran orqali emas jismoniy nutqlari ham bor. Aksariyat mijozlar aynan shunday bo‘lishini istagan.
Orqa o‘rindiq ham avvalgidek, biroz pastroq bo‘lsada, joy yetarli. Yukoxona eshigi endi faqat tepaga ochiladi. Oldin 2 qismga bo‘linib yarmi pastga yarmi tepaga ochilar edi. Aksariyat xaridorlar buni ma’qullagan chunki, pastga qarab ochiladigan eshik ba’zan yukxona to‘ridagi narsalarni olishga xalal bergan.
Faqat haydovchi o‘rindig‘i jussasi yirik bo‘lgan kishilar uchun biroz toraygandek tuyulishi mumkin. Chunki markaziy tonnel juda kengaygan va unda ko‘plab knopkalar va ekran joylashtirilgan.
Toyota xabariga ko‘ra, Land Cruiser kompaniyaning eng muvaffaqiyatli modellaridan biridir. 2019-yilning avgust oyida butun dunyo bo‘ylab sotilgan Land Cruiserlar soni 10 million danadan oshib ketgan.
Rossiyada 2002 -2019 yillar davomida 400 mingdan ortiq Land Cruiser sotilgan. 2007-yilda savdoga chiqarilgan Land Cruiser 200 konveyerda 14-yil davomida saqlanib turdi. Yangi avtomobil narxi 6 mln rubl ( $82 000) atrofida bo‘lishi kutilmoqda.