Toshkentdan Moskvaga yana ikkita muntazam parvoz yo‘lga qo‘yilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTerminal prinyal pervix passajirov, priletevshix reysom "Uzbekskix avialiniy" iz Seula v Tashkent.
Terminal prinyal pervix passajirov, priletevshix reysom Uzbekskix avialiniy iz Seula v Tashkent. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2021
Obuna bo‘lish
“Uzbekistan Airways” seshanba kunlari, “Aeroflot” esa payshanba kunlari qo‘shimcha reysini amalga oshiradi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. 10-iyundan Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha yana ikkita muntazam parvoz yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi seshanba kunlari HY603, “Aeroflot” esa payshanba kunlari qo‘shimcha SU1891 reysini amalga oshiradi.
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
Rossiya 10-iyundan boshlab O‘zbekiston bilan parvozlar sonini oshiradi
Eslatib o‘tamiz, hozir Rossiyaning “Aeroflot” kompaniyasi Moskva-Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni har yakshanba kunlari, “Uzbekistan Airways” esa Toshkent-Moskva-Toshkent reysini har shanba kunlari amalga oshirmoqda.
Muntazam parvozlardan hamma O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda yashash uchun guvohnomaga ega bo‘lgan xorijliklar foydalanishlari mumkin.
Toshkent-Moskva yo‘nalishida parvoz etishda davom etayotgan qolgan reyslar charterligicha qolmoqda. Ularga chipta xarid qilish uchun Rossiyaga kirish uchun asos bo‘lishi lozim.
Yangiliklar lentasi
0