Toshkentda harakatlanayotgan “Spark” ustiga reklama banneri quladi

© Press-slujba GUBDDSnosimiy v Tashkente reklamniy banner upal na dvijushiysya Spark
Snosimiy v Tashkente reklamniy banner upal na dvijushiysya Spark - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2021
Obuna bo‘lish
31 yoshli “Spark” haydovchisi O.I. harakatlanib ketayotgan vaqtida reklama banneri yo‘l tomonga qulab tushgan.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Toshkent shahrida buzilayotgan reklama bannerlaridan biri harakatlanayotgan “Spark” ustiga quladi. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB)axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 8-iyun kuni soat 12:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi 2-darajali yo‘lda ro‘y bergan.
31 yoshli “Spark” haydovchisi O.I. harakatlanib ketayotgan vaqtida yo‘lning o‘ng tomonida olib borilayotgan demontaj ishlari sabab reklama banneri yo‘l tomonga qulab tushgan. Natijada avtomobilga zarar yetgan. Hech kim jarohatlanmagan.
Hozirda Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari qo‘shimcha surishtiruvlar olib bormoqda. Holat o‘rganilib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi.
Yangiliklar lentasi
0