“Sputnik V” vaksinasi yaratuvchilari Rossiyaning ilm-fan bo‘yicha davlat mukofotini oldi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishShpris i ampula na fone logotipa "Sputnik V".
Shpris i ampula na fone logotipa Sputnik V. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Rossiyaning 2020-yil uchun ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi davlat mukofotiga koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi yaratuvchilari munosib topildi. Bu haqda Rossiya prezidentining yordamchisi Andrey Fursenko ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
Mukofot Gamaleya nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg, uning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Denis Logunov hamda Rossiya Qurolli kuchlari 48-radiatsiya, kimoviy va biologik himoya qo‘shinlarning markaziy ilmiy-tadqiqot instituti boshlig‘i, tibbiy xizmat polkovnigi Sergey Borisevichga topshiriladi.
Noviy punkt vaksinatsii ot COVID-19  v TS Troyka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2021
Toshkent va Moskva "Sputnik V" O‘zbekistonda ishlab chiqarishga kelishdi
Ular mukofotga Ebola bezgagi va koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqarish va joriy etganlik uchun loyiq ko‘rilgan.
12 iyun kuni olimlar Kremlda nishon, diplom va pul mukofotini olishadi. Rossiya prezidenti farmoni bilan davlat mukofoti miqdori 10 million rublgacha ko‘paytirilgan.
Yangiliklar lentasi
0