“Salkam futbol jamoasi”: afrikalik ayol birdaniga 10 nafar bolani dunyoga keltirdi – foto

Beremennost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2021
Obuna bo‘lish
Janubiy afrikalik 37 yoshli ayol birdaniga 10 nafar farzandni dunyoga keltirdi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Janubiy afrikalik 37 yoshli ayol birdaniga 10 nafar farzandni dunyoga keltirib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda mahalliy matbuot xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Janubiy Afrikaning Gauteng provinsiyasida yashovchi Gosiame Tamara Sitole 7 nafar o‘g‘il va 3 nafar qizni tug‘di.
Avvalgi rekord - may oyida Malida yashovchi ayol birdaniga 9 nafar farzandni dunyoga keltirgandi.
Yangiliklar lentasi
0