https://oz.sputniknews.uz/20210609/on-beshinchi-iyundan-1-sinfga-qabul-boshlanadi-19160291.html
O‘n beshinchi iyundan 1-sinfga qabul boshlanadi
O‘n beshinchi iyundan 1-sinfga qabul boshlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning markazida qabul jarayonlari tajriba-sinov tariqasida elektron shaklda amalga oshiriladi. 09.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-09T10:35+0500
2021-06-09T10:35+0500
2021-06-09T10:35+0500
jamiyat
maktab
xalq ta’limi vazirligi (xtv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1235/63/12356394_0:72:3073:1800_1920x0_80_0_0_48eeebc071085a64111e40f39a6917da.jpg
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. 2021-2022 o‘quv yili uchun O‘zbekiston umumta’lim maktablariga 1-sinfga hujjat qabul qilish 15-iyundan boshlanadi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning markazida qabul jarayonlari tajriba-sinov tariqasida elektron shaklda amalga oshiriladi. Jarayon 2 bosqichda bo‘ladi.Birinchi bosqichda ota-onalar 2021-yilning 15-iyunidan 5-iyuliga qadar my.maktab.uz elektron plaftormasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, farzandlari 1-sinfga chiqadigan maktablarni tanlaydilar. Bunda ota-onalarga 3 ta maktabni tanlash imkoniyati beriladi:Ikkinchi bosqichda 2021-yilning 6-iyulidan 31-iyulga qadar ota-onalar elektron plaftorma orqali tanlagan birinchi maktabga, ya’ni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga hujjatlarini topshiradilar. Bunda hujjatlarni topshirish to‘liq elektron shaklda amalga oshiriladi. Ota-onalarning doimiy yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga joylashishlari kafolatlanadi.Agar ota-onalar mikrohudduddagi maktabni emas, boshqa maktablarni tanlagan bo‘lsa, ya’ni elektron ro‘yxatdan o‘tish vaqtida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi maktablarning birida bo‘sh o‘rinlar bo‘lgan taqdirda 1-15 avgust kunlari hujjatlarini topshirishlari mumkin bo‘ladi.XTV vakilining aniqlik kiritishicha, qolgan hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning boshqa tuman (shahar)lari) umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktabda amalga oshiriladi.Qabul an’anaviy shaklda amalga oshiriladigan hududlarda ota-onalar bevosita 2021-yilning 15-iyundan 15-iyulga qadar doimiy yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga farzandlarini 1-sinfga joylashtrish uchun hujjatlarini topshirishlari mumkin. Shuningdek, 16-iyuldan - 15-avgustga qadar ota-onalarga ixtiyoriy tanlov asosida boshqa maktablarga, ya’ni mikrohududiga kirmasa ham bo‘sh o‘rinlar bo‘lsa, farzandlarini 1-sinfga qabul qilish uchun boshqa maktabga hujjatlarini topshirish imkoniyati beriladi. Laylo Rustamova umumta’lim maktablariga biriktiriladigan mikrohududlar mahallalarning joylashuvi va aholining demografik o‘sishini inobatga olgan holda tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida belgilanishini eslatdi.
https://oz.sputniknews.uz/20210606/maktablar-reytingi-aniqlanadi-va-oavda-yoritiladi-19112773.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1235/63/12356394_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_6c3f04e141f3b3d010d5b210a6c285eb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, maktab, xalq ta’limi vazirligi (xtv)
jamiyat, maktab, xalq ta’limi vazirligi (xtv)
O‘n beshinchi iyundan 1-sinfga qabul boshlanadi
Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning markazida qabul jarayonlari tajriba-sinov tariqasida elektron shaklda amalga oshiriladi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. 2021-2022 o‘quv yili uchun O‘zbekiston umumta’lim maktablariga 1-sinfga hujjat qabul qilish 15-iyundan boshlanadi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova
ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning markazida qabul jarayonlari tajriba-sinov tariqasida elektron shaklda amalga oshiriladi.
Jarayon 2 bosqichda bo‘ladi.
Birinchi bosqichda ota-onalar 2021-yilning 15-iyunidan 5-iyuliga qadar
my.maktab.uz elektron plaftormasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, farzandlari 1-sinfga chiqadigan maktablarni tanlaydilar. Bunda ota-onalarga 3 ta maktabni tanlash imkoniyati beriladi:
birinchi maktab - ota-ona doimiy istiqomat qilayotgan hududdagi maktab, ya’ni yashash manzili biriktirilgan mikrohududdagi maktab;
ikkinchi va uchinchi maktablar - ota-onalarning ixtiyoriy tanlovi asosida farzandlarini qatnashi uchun qulay bo‘lgan maktablar.
Ikkinchi bosqichda 2021-yilning 6-iyulidan 31-iyulga qadar ota-onalar elektron plaftorma orqali tanlagan birinchi maktabga, ya’ni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga hujjatlarini topshiradilar. Bunda hujjatlarni topshirish to‘liq elektron shaklda amalga oshiriladi. Ota-onalarning doimiy yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga joylashishlari kafolatlanadi.
Agar ota-onalar mikrohudduddagi maktabni emas, boshqa maktablarni tanlagan bo‘lsa, ya’ni elektron ro‘yxatdan o‘tish vaqtida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi maktablarning birida bo‘sh o‘rinlar bo‘lgan taqdirda 1-15 avgust kunlari hujjatlarini topshirishlari mumkin bo‘ladi.
XTV vakilining aniqlik kiritishicha, qolgan hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning boshqa tuman (shahar)lari) umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktabda amalga oshiriladi.
Qabul an’anaviy shaklda amalga oshiriladigan hududlarda ota-onalar bevosita 2021-yilning 15-iyundan 15-iyulga qadar doimiy yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga farzandlarini 1-sinfga joylashtrish uchun hujjatlarini topshirishlari mumkin.
Shuningdek, 16-iyuldan - 15-avgustga qadar ota-onalarga ixtiyoriy tanlov asosida boshqa maktablarga, ya’ni mikrohududiga kirmasa ham bo‘sh o‘rinlar bo‘lsa, farzandlarini 1-sinfga qabul qilish uchun boshqa maktabga hujjatlarini topshirish imkoniyati beriladi.
Laylo Rustamova umumta’lim maktablariga biriktiriladigan mikrohududlar mahallalarning joylashuvi va aholining demografik o‘sishini inobatga olgan holda tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida belgilanishini eslatdi.