https://oz.sputniknews.uz/20210609/mirziyoev-qatar-davlati-delegatsiyasini-qabul-qildi-19176323.html
Mirziyoyev Qatar davlati delegatsiyasini qabul qildi
Mirziyoyev Qatar davlati delegatsiyasini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Suhbat davomida ta’lim, fan, madaniyat va ziyorat turizmi sohalarida almashinuv dasturlarini amalga oshirishdan ikki mamlakat ham manfaatdor ekani ta’kidlandi. 09.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-09T22:36+0500
2021-06-09T22:36+0500
2021-06-09T22:36+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
qatar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/19/18888771_0:97:1280:817_1920x0_80_0_0_2b42b26557af882372d58ccc27f10ca4.jpg
TOShKENT, 9-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 9-iyun kuni Qatar davlati Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot-xizmati.Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qatar munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.O‘zbekiston rahbari ikki tomonlama hamkorlik sur’ati keyingi yillarda jadallashib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Xususan, yuqori darajadagi tashriflar va siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda. Ishbilarmonlik va turizm sohalaridagi almashinuvlarni rag‘batlantirish maqsadida Qatar fuqarolari O‘zbekistonda bo‘lishi uchun viza tartibi soddalashtirildi.Mirziyoyev Qatar Amiri shayx Tamim Ol Soniyni rasmiy tashrif bilan mamlakatga kelishga yana bir bor taklif etdi.Qatar delegatsiyasi rahbari, o‘z navbatida, iliq qabul uchun O‘zbekiston yetakchisiga samimiy minnatdorlik bildirib, Qatar Amirining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.Mirziyoyev suhbatda birinchi navbatda savdo, investitsiyaviy, innovatsiyaviy, moliyaviy-texnik sohalarda, shuningdek, bugun imzolangan Havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga muvofiq – transport sohasida amaliy sheriklikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish muhim ekanini ta’kidladi.Qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish, Qatarning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlarini jalb qilgan holda sanoat tarmoqlarida zamonaviy ishlab chiqarishlarni ishga tushirish, mamlakatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni tez fursatda tayyorlash va ilgari surish muhimligi qayd etildi.Bundan tashqari, ta’lim, fan, madaniyat va ziyorat turizmi sohalarida almashinuv dasturlarini amalga oshirishdan ikki mamlakat ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.Xalqaro siyosatga doir va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Qatar tashqi siyosiy idorasi rahbari O‘zbekistonning Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga va ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish borasidagi faol sa’y-harakatlarini yuksak baholadi va qo‘llab-quvvatladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210609/ozbekiston-va-qatar-tiv-rahbarlari-afgonistonga-yordam-masalasini-muhokama-qilishdi-19170510.html
https://oz.sputniknews.uz/20210609/ozbekiston-va-qatar-ortasida-havo-qatnovi-togrisida-bitim-imzolandi-19168118.html
o‘zbekiston
qatar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/19/18888771_107:81:1136:853_1920x0_80_0_0_786da4280f8a2cb89e78938154294788.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, qatar
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, qatar
Mirziyoyev Qatar davlati delegatsiyasini qabul qildi
Suhbat davomida ta’lim, fan, madaniyat va ziyorat turizmi sohalarida almashinuv dasturlarini amalga oshirishdan ikki mamlakat ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.
TOShKENT, 9-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 9-iyun kuni Qatar davlati Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot-xizmati.
Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qatar munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston rahbari ikki tomonlama hamkorlik sur’ati keyingi yillarda jadallashib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Xususan, yuqori darajadagi tashriflar va siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda. Ishbilarmonlik va turizm sohalaridagi almashinuvlarni rag‘batlantirish maqsadida Qatar fuqarolari O‘zbekistonda bo‘lishi uchun viza tartibi soddalashtirildi.
Mirziyoyev Qatar Amiri shayx Tamim Ol Soniyni rasmiy tashrif bilan mamlakatga kelishga yana bir bor taklif etdi.
Qatar delegatsiyasi rahbari, o‘z navbatida, iliq qabul uchun O‘zbekiston yetakchisiga samimiy minnatdorlik bildirib, Qatar Amirining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Mirziyoyev suhbatda birinchi navbatda savdo, investitsiyaviy, innovatsiyaviy, moliyaviy-texnik sohalarda, shuningdek, bugun imzolangan Havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga muvofiq – transport sohasida amaliy sheriklikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish muhim ekanini ta’kidladi.
Qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish, Qatarning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlarini jalb qilgan holda sanoat tarmoqlarida zamonaviy ishlab chiqarishlarni ishga tushirish, mamlakatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni tez fursatda tayyorlash va ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Bundan tashqari, ta’lim, fan, madaniyat va ziyorat turizmi sohalarida almashinuv dasturlarini amalga oshirishdan ikki mamlakat ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Xalqaro siyosatga doir va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Qatar tashqi siyosiy idorasi rahbari O‘zbekistonning Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga va ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish borasidagi faol sa’y-harakatlarini yuksak baholadi va qo‘llab-quvvatladi.