O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 35 mlrd dollardan oshdi

© AP Photo / NICK UTSlitki zolota
Slitki zolota - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari may oyiga nisbatan qariyb 1,4 mlrd dollarga oshdi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. 1 iyun holatiga ko‘ra O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 35 mlrd 518,2 mln dollarni tashkil etmoqda. Bu o‘tgan oyga nisbatan 1 mlrd 327 mln dollarga ko‘p. Bu ma’lumotlar oshkor qilina boshlagan 2017-yildan buyon eng katta ko‘rsatkichdir. Bundan Markaziy bank raqamlari darak bermoqda.
Zaxiralarning oshishiga uning tarkibidagi oltin qiymati oshishi va valyutadagi aktivlarning ko‘payishi asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan.
May oyida oltin arzonlashishdan to‘xtagan va unsiyasining narxi 1900 dollargacha ko‘tarilgan. Solishtirish uchun, aprel oyida unsiyasining narxi 1750 dollar atrofida bo‘lgan edi. O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari esa 13 mlrd 679,7 mln dollarni tashkil qilmoqda.
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Yangiliklar lentasi
0