https://oz.sputniknews.uz/20210608/ozbekiston-mehnat-migratsiyasidan-qaytgan-ayollarni-qanday-qollab-quvvatlamoqda-19143298.html
O‘zbekiston mehnat migratsiyasidan qaytgan ayollarni qanday qo‘llab-quvvatlamoqda
O‘zbekiston mehnat migratsiyasidan qaytgan ayollarni qanday qo‘llab-quvvatlamoqda
Sputnik O‘zbekiston
2021 yil birinchi choragida mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar soni 32 888 nafarni tashkil etgan, ularning 9 279 nafari ayollardir. 08.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-08T13:57+0500
2021-06-08T13:57+0500
2021-06-08T14:11+0500
migratsiya
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1427/05/14270544_0:180:3001:1868_1920x0_80_0_0_7621cd2caba9b02f39d05a206c15db03.jpg
TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. 2021-yilning besh oyi davomida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 5 ming 513 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam ko‘rsatildi.Shuningdek, 200 ming 893 nafariga maslahat xizmatilari, 3 ming 883 nafariga ijtimoiy yordam, 2 ming 769 nafariga moddiy yordam, 1 ming 750 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratildi. 121 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirildi. Xorijda vafot etgan 168 nafar fuqaro jasadi olib kelindi. 145 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarildi. Og‘ir tan jarohati olgan 17 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi va ular Vatanga qaytarildi. Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay turgan qariyb 460 ming AQSh dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berildi.Migratsiyada ayollar ulushiShuningdek, tashqi migratsiya agentligi reintegratsiya boshqarmasi mutaxasisi Nigora Yormatovaning Sputnik muxbiriga taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga qaytgan mehnat migrantlari soni 2020-yilda 508 688 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, shundan 126 422 nafarini ayollar, 2021-yil birinchi choragida ushbu ko‘rsatkich 32 888 nafarni, shundan 9 279 nafarini ayollarni tashkil etmoqda.2020 yilda O‘zbekistonga qaytgan mehnat migrantlarini 337 910 nafari ishga joylashtirilgan bo‘lib, shundan 65 103 nafarini ayollar tashkil etadi. 2021-yil birinchi choragida ushbu ko‘rsatkich 17 587 nafarni shundan 3 655 nafarini ayollar tashkil tashkil etmoqda.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “Tadbirkor migrant” loyihasi doirasida xorijdan qaytgan fuqarolar uchun "Tadbirkorlik asoslari va biznes yurituvini tashkil etish"ga oid qisqa (5 kun, 48 soatlik dastur asosida) muddatli o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.Jumladan, ushbu dastur doirasida shu kunga qadar mehnat migratsiyasidan qaytgan 616 nafar (shundan 127 nafarini xotin-qizlar) fuqarolar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari yordamida tadbirkorlik kurslariga o‘qitildi va sertifikatlar berildi.Eslatib o‘tamiz, joriy yil 5-mart kuni O‘zbekiston prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Hujjat bilan xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli o‘rganish, tahlil qilish va hal etish borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha mahallalarda “Ayollar daftari”ni yuritish va “Ayollar maslahat kengashlari” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20201116/Menat-migratsiyasi-zbekistonni-Yaponiya-va-Zhanubiy-Koreya-kelazhagi-kutyaptimi-15415881.html
https://oz.sputniknews.uz/20210527/ozbekiston-tashqi-mehnat-migratsiyasi-togrisidagi-qonun-qabul-qilinishini-tezlashtirmoqchi-18934330.html
https://oz.sputniknews.uz/20201125/Tadbirkorlikni-rivozhlantirishda-sustkashlik-ilgan-tuman-okimlari-ishdan-bshatiladi-15473017.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1427/05/14270544_134:0:2865:2048_1920x0_80_0_0_16c819d25fc8ba8d0cc5c88e60ee9eb8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migratsiya
O‘zbekiston mehnat migratsiyasidan qaytgan ayollarni qanday qo‘llab-quvvatlamoqda
13:57 08.06.2021 (yangilandi: 14:11 08.06.2021) 2021-yil birinchi choragida mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar soni 32 888 nafarni tashkil etgan, ularning 9 279 nafari ayollardir.
TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. 2021 yilning besh oyi davomida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 5 ming 513 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, 200 ming 893 nafariga maslahat xizmatilari, 3 ming 883 nafariga ijtimoiy yordam, 2 ming 769 nafariga moddiy yordam, 1 ming 750 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratildi. 121 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirildi.
Xorijda vafot etgan 168 nafar fuqaro jasadi olib kelindi. 145 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarildi.
Og‘ir tan jarohati olgan 17 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi va ular Vatanga qaytarildi.
Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay turgan qariyb 460 ming AQSh dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berildi.
Migratsiyada ayollar ulushi
Shuningdek, tashqi migratsiya agentligi reintegratsiya boshqarmasi mutaxasisi Nigora Yormatovaning Sputnik muxbiriga taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga qaytgan mehnat migrantlari soni 2020-yilda 508 688 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, shundan 126 422 nafarini ayollar, 2021-yil birinchi choragida ushbu ko‘rsatkich 32 888 nafarni, shundan 9 279 nafarini ayollarni tashkil etmoqda.
2020 yilda O‘zbekistonga qaytgan mehnat migrantlarini 337 910 nafari ishga joylashtirilgan bo‘lib, shundan 65 103 nafarini ayollar tashkil etadi. 2021-yil birinchi choragida ushbu ko‘rsatkich 17 587 nafarni shundan 3 655 nafarini ayollar tashkil tashkil etmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “Tadbirkor migrant” loyihasi doirasida xorijdan qaytgan fuqarolar uchun "Tadbirkorlik asoslari va biznes yurituvini tashkil etish"ga oid qisqa (5 kun, 48 soatlik dastur asosida) muddatli o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.
Jumladan, ushbu dastur doirasida shu kunga qadar mehnat migratsiyasidan qaytgan 616 nafar (shundan 127 nafarini xotin-qizlar) fuqarolar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari yordamida tadbirkorlik kurslariga o‘qitildi va sertifikatlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 5-mart kuni O‘zbekiston prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Hujjat bilan xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli o‘rganish, tahlil qilish va hal etish borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha mahallalarda “Ayollar daftari”ni yuritish va “Ayollar maslahat kengashlari” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.