Pokistonda poyezdlar to‘qnashishi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi

© AP PhotoV Pakistane pri stolknovenii poyezdov pogibli 32 cheloveka
V Pakistane pri stolknovenii poyezdov pogibli 32 cheloveka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir poyezd relsdan chiqib ketgan ikkinchi poyezdda kelib urilgan.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Pokiston janubida ikkita poyezd to‘qnashib ketdi, buning natijasida kamida 30 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy ARY News telekanali ma’lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Telekanal xabariga ko‘ra, ikkita yo‘lovchi poyezd Sind viloyati Gotki shahri hududidagi temir yo‘l bekatlari o‘rtasida to‘qnashib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir poyezd relsdan chiqib ketgan ikkinchi poyezdda kelib urilgan.
Mahalliy hukumat vakili Usman Abdulla to‘qnashuv oqibatida kamida 30 nafar yo‘lovchi qurbon bo‘lganini tasdiqlagan va yana bir necha kishi poyezd bo‘laklari ostida ekanini qo‘shimcha qilgan.
Voqea joyiga politsiya va qutqaruvchilar yetib kelgan. Hududda poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
Yangiliklar lentasi
0