Nega “Xorijiy agent” deb e’lon qilingan OAVlar o‘z-o‘zidan yopilib ketmoqda?

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishViveska na zdanii shtab-kvartiri mejdunarodnoy radioveshatelnoy organizatsii "Radio „Svobodnaya Yevropa“/Radio „Svoboda“ v Prage
Viveska na zdanii shtab-kvartiri mejdunarodnoy radioveshatelnoy organizatsii Radio „Svobodnaya Yevropa“/Radio „Svoboda“ v Prage - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Obuna bo‘lish
Bugun g‘arbiy qarashlarni Rossiyaga olib kelayotganlar – ilg‘or g‘oya tashuvchilari emas ko‘proq moxovlarga o‘xshab qolmoqda...
Sankt-Peterburgda o‘tgan hafta oxirida bo‘lib o‘tgan xalqaro iqtisodiy forum doirasida “xorijiy agent” deb e’lon qilingan OAVlar uchun biznes-nonushta tashkil qilindi.
Tadbir boshlanishidan bir necha daqiqa oldin VTimes* nashri o‘zining yopilishini e’lon qildi. Sabab – Adliya vazirligi tomonidan xorijiy agentlar ro‘yxatiga kiritilgani.
VTimes izohiga ko‘ra, Adliya vazirligining qarori ularning biznes modelini mutlaq buzib yuyuborgan.

“Xorijiy agent nomi bizning biznes modelimizni buzib yubordi. Biz Vtimes*ni biznes tariqasida yaratgan edik. Reklama beruvchilar “xorijiy agent” bilan qanday hamkorlik qilishni bilmay qolishdi. Ularni tushunsa bo‘ladi”, - deyishdi ular.

Undan tashqari, aksariyat amaldorlar, ekspertlar xorijiy agent maqomidagi OAVga kommentariy berishdan voz kecha boshlagan.
Gap shundaki, VTimes* 2020-yilda "Vedomosti" nashridan ajralib chiqqan jurnalistlar tomonidan tashkil qilingan edi. U OAV sifatida Rossiyada yoki boshqa davlatda rasman ro‘yxatdan o‘tmagan.
Bir tomondan ular OAV emasdek tuyulsada, ularning sayti bor va u yerda ular o‘zlarini “media” va “nashr” so‘zlari bilan ataydi va Niderlandda ro‘yxatdan o‘tgan qandaydir Stichting 2 Oktober* nomli fond tomonidan boshqariladi.
Rossiya hukumati ushbu kelib chiqishi noma’lum kentavrni “xorijiy agent” deb nomlagani bejiz emas. “Erkin matbuot repressiyasi” haqida bor ovozda jar solayotgan xorijiy OAVlar oldin ana shu faktlarni e’lon qilsa yomon bo‘lmasdi.

Xorijiy agentlar ro‘yxatidan, joy olgan qator “Ozodlik*” nashrlari, “Amerika ovozi*” va “Nastoyashee vremya*” telekanali o‘z xabarlariga “xorijiy agent” degan tamg‘a bilan tarqatmagani uchun bir necha o‘n million rublga jarima solingan edi. Ushbu yilning aprel-may oylarida ular o‘z redaksiyalarini G‘arb mamlakatlariga ko‘chirishga majbur bo‘lishdi. Aksariyat Praga va Kiyevga.

May oyining so‘nggi kunida (31 may) Newsru.com nashri ham yopilganini e’lon qildi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, “Xorijiy agent” bo‘lgani uchun emas balkim uning homiysi oligarx va mediamagnat Vladimir Gusinskiyning moliyaviy ahvoli yomonlashgani tufayli.
Lekin ayrim OAVla bunda ham Rossiya hukumatini aybdor qilishdi. Ular yozishiga ko‘ra, “ular yaratayotgan voqelik davlat OAVlaridan keskin farq qila boshlaganidan so‘ng yirik reklama beruvchilar ular bilan ishlamay qo‘ygan” va “ko‘plab hurmatga sazovor kishilar va manbaalarga xorijiy agent yoki ekstremist deb markirovka qilishga" majbur bo‘lgan.
Ushbu voqealarga Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova va prezident ma’muriyati vakili Sergey Kiriyenko ham izoh berishdi.
Ular aytishiga ko‘ra, AQSh va Yevropa Rossiya OAVlariga bosim o‘tkazishi va turli yo‘llar bilan siquvga olishidan so‘ng Rossiya ana shunday choralar ko‘rishga majbur bo‘lgan.
Predsedatel Nauchno-konsultativnogo soveta pri Antiterroristicheskom Sentre SNG (ATS SNG) Marianna Kochubey  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2020
Axborot urushi qurboniga aylanmaslik uchun nima qilish kerak – ekspert  
Ikkinchidan, Rossiyada bu sohada kiritilgan cheklovlar G‘arbga qaraganda bir necha barobar yumshoqroq va erkinroq. (Xorijiy agentlar ro‘yxatiga bor yo‘g‘i 20 ta tashkilot va shaxs kiritilgan).
G‘arb va ularga xayrixoh bo‘lgan kuchlar uzoq yillar davomida “Demokratiya” tushunchasini monopollashtirishi asosan ikki narsaga asoslangan edi:
Birinchisi - AQSh va Yevropaning ko‘p sohalarda yutuqlari SSSRdan obyektiv ustun bo‘lganligi bo‘lsa, ikkinchisi - sharqiy davlatlar ommasi ongida G‘arb haqida mohirlik bilan yaratilgan chiroyli afsonalar edi.
Buning oqibatida SSSR G‘arbga nafaqat sovuq urushni, balkim sovet jamiyati ongida ertak darjasigacha idellashtirilgan G‘arb obraziga axborot urushini ham boy berdi.
Bu so‘zsiz G‘arbning yutug‘i edi, lekin XXI asrga kelib ular ushbu ustuvorlikdan mahrum bo‘lishdi. Dunyo bo‘ylab tobora kuchayib borayotgan krizis esa g‘arbiy tizimlarning salbiy xususiyatlarini barchaga oshkor qildi. Ular shunchaklik xunuk, inson huquqlariga zid va tushunarsiz ediki, u tomondan kelayotgan “aql o‘rgatishlar” kulgu uyg‘otadigan bo‘lib qoldi.

Bugun esa, ularning nuqtayi nazarlarini Rossiyaga olib kelayotganlar, xoh ular siyosiy yoki jamoat tashkilotlari bo‘lsin, xoh OAV bo‘lsin – ilg‘or g‘oyalar tashuvchilari emas ko‘proq sotqin va moxovlarga o‘xshab qolmoqda.

* Rossiyada xorijiy agent vazifasini bajaruvchi
Yangiliklar lentasi
0