Murashko "Sputnik V" vaksinasi necha pul turishini aytdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishVserossiyskiy forum "Maliy biznes – natsionalnaya ideya?". Den perviy
Vserossiyskiy forum Maliy biznes – natsionalnaya ideya?. Den perviy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri "Sputnik V" vaksinasi davlatga necha pulga tushayotganini ma’lum qildi. Aholi uchun ushbu vaksina bepul.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Rossiya aholisi uchun "Sputnik V" vaksinasining narxi 900 rubl, dedi sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko.
“Albatta, kovid tufayli qo‘shimcha xarajatlar paydo bo‘ldi. Birinchi navbatda bu vaksinalash xarajatlari. "Sputnik V"ning narxi, yetkazib berish xarajatlari bilan birga 900 rublga teng. Bugungi kunda bularning barchasi davlat tomonidan qoplanmoqda”, - dedi Murashko.
Biroz oldin Mixail Murashko Rossiya aholisi uchun jami 30 million doza vaksina xarid qilinganini ma’lum qilgan edi.
Ayni amda emlash Rossiyaning barcha hududlarida olib borilmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2021-yilning sentabr oyiga qadar aholining 60%ini emlab bo‘linishi kutilayotganini aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Gamaleya nomidagi NITSEM tomonidan ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaksinasi COVID-19ga qarshi dunyoda birinchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaksina bo‘ldi. Rossiya SSV uni 2020-yilning avgust oyida ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Bugungi kunda ushbu vaksina dunyoning 66 davlatida tan olingan, emlanganlar soni 4 million kishiga yaqinlashgan. Vaksina samaradorligi - 97 %.
Yangiliklar lentasi
0