Hafta davomida havo harorati biroz pasayadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSentralnaya alleya vedushaya k pamatniku Alisheru Navoi
Sentralnaya alleya vedushaya k pamatniku Alisheru Navoi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Obuna bo‘lish
Kavkaz hududlaridan kirib kelayotgan kuchsiz antisiklon ta’sirida respublika shimolida havo harorati pasayadi va 33-38 darajani tashkil etadi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. 8-iyun kuni Kavkaz hududlaridan kirib kelgan salqin havo respublikaning katta qismini qamrab oladi, buning hisobiga havo harorati pasayadi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
Mamlakatda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda shuningdek momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari 24-27 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat pasayadi va 34-38 darajani, respublikaning eng janubida 41-43 darajagachani tashkil etadi
Bunday harorat haftaning oxirigacha davom etadi, ammo harorat meyordan hali ham yuqori bo‘ladi va kechalari 20-25 darajani, kunduz kunlari 34-39 darajani, respublikaning eng janubida 41-43 darajagachani tashkil etadi.
Ushbu davrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘ oldi va tog‘li huddularda bulutlilik rivojlanishida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
8-9 iyun kunlari shamolli ob-havo saqlanib turadi, respublika bo‘yicha shamol 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan kuchayishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0