Afg‘onistondagi Alisher Navoiyning qarovsiz yotgan qabri katta obod majmuaga aylantiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s planom rekonstruksii mazvoleya Alisher Navoiy v Afganistane
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s planom rekonstruksii mazvoleya Alisher Navoiy v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Obuna bo‘lish
Loyiha O‘zbekiston va afg‘onistonlik mutaxassislar tomonidan Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasini joyida o‘rganish asosida ishlab chiqilgan.
TOShKENT, 7-iyun - Sputnik. Afg‘onistondagi Alisher Navoiy qabrida obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi, deb ma’lum qildi jurnalistlarga O‘zbekiston prezidenti matbuot-kotibi Sherzod Asadov, bugun, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifing davomida.
“Ma’lumki, Navoiy bobomizning qabri Afg‘oniston Islom Respublikasining Hirot shahrida. Bugungi kungacha bu joyga umuman e’tibor berilmagan edi. Shu bois davlatimiz rahbari Alisher Navoiy maqbarasini obodonlashtirish vazifasini qo‘ygan edilar. Afg‘onistonda oxirgi yillardagi ijobiy o‘zgarishlar, O‘zbekiston Prezidenti tashabbuslari bilan ikki mamlakat o‘rtasida uyg‘ongan iliqlik va hamkorlik tufayli bu xayrli ish amalga oshadigan bo‘lib turibdi”, - dedi Asadov.
Dekorativnoe keramicheskoe blyudo Alisher Navoi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2021
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etildi
Loyihaga ko‘ra, u yerda faqat ta’mirlash yo tiklash ishlari emas, katta majmua qurish maqsad qilingan. Unda maqbaradan tashqari masjid, muzey, ayvonlar, avtoturargoh va bog‘lar bo‘ladi.
Sal avval Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va afg‘onistonlik mutaxassislar tomonidan Alisher Navoiy maqbarasini obodonlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha bilan tanishgan edi.
Prezidentga taqdim etilgan loyihaga muvofiq, maqbara hududiga kirish qismida sakkiz burchakli masjid bunyod etiladi. Kirish peshtog‘idan hovli qismining chap va o‘ng tomonida yopiq uslubda ayvonlar barpo etiladi. Maqbaraning tashqi ko‘rinishiga bezak beriladi. Gumbaz, maqbara oldi va yon qismlari mayolika elementlari bilan ishlanadi. Majmua hududi ko‘kalamzorlashtiriladi.
Ushbu loyiha O‘zbekiston va afg‘onistonlik mutaxassislar tomonidan Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasini joyida o‘rganish asosida ishlab chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasini obodonlashtirish ishlari - O‘zbekiston prezidentning 2020-yil 19-oktabrda imzolangan “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan edi.
Yangiliklar lentasi
0