Standard & Poor’s O‘zbekiston reytingini "barqaror" darajagacha oshirdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishLogotipi kompanii Standard & Poor's
Logotipi kompanii Standard & Poor's - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2021
Obuna bo‘lish
Moliya vazirligi Standard & Poor’s O‘zbekiston reytingini oshirishga qanday omillar sabab bo‘lgani haqida batafsil ma’lumot berdi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Standard & Poor’s xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston suveren kredit reyting kutilmasini “salbiy”dan “barqaror”ga oshirdi, deb xabar qilmoqda Moliya vazirligi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston suveren kredit reytingi oshishiga qo‘yidagi omillar asos bo‘lgan:
1.
Iqtisod hajmining o‘sishi: 2020 yilda 1,6 %ga o‘siishi va 2021-yilda 4,8 foizga o‘sishi kutilayotgani.
2.
Tashqi qarz o‘sish sur’ati sekinlashgani hamda qisqa muddatli fiskal xatarlar pasaygan.
3.
Fiskal pozitsiyasi 2020-2021 yillarda yaxshilangani - 2020-yil mobaynida oltin narxining yuqori bo‘lgan va bu davlat tushumlari va tashqi balansini qo‘llab-quvvatlab turgan.
4.
Ijobiy tashqi balans: 2020 yilni kutilganidan ko‘ra yaxshiroq yakunlagan.
5.
Samarali islohotlar: sud hokimiyati mustaqilligini oshirish, so‘z erkinligiga qo‘yilgan ta’qiqlarni olib tashlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, iqtisodiy ma’lumotlar ochiqligi va boshqalar.
Shu bilan birga Standard & Poor’s O‘zbekiston reytingini tushirishi mumkin bo‘lgan omillarni ham sanab o‘tgan. Bular:
fiskal va tashqi zaxiralari tez sur’atlarda yoki sezilarli darajada kamaysa;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimining yetarli emasligi natijasida qarz jalb qilish oshsa va tashqi aktivlar kamaysa;
iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasi sezilarli darajada oshsa;
davlat korxonalari zaiflashuvi natijasida, ularning qarz majburiyatlari davlat tomonidan to‘lansa;
S&R ilk bor O‘zbekiston suveren kredit reytingini 2018-yil 21-dekabrda belgilagan edi. 2020 yil iyun oyidan beri “S&P” reyting agentligi tomonidan 21 ta mamlakatning kredit reytingi pasaytirilgan va 13 ta mamlakatning, jumladan O‘zbekistonning reyting kutilmasi “salbiy”ga tushirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0