Qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempionati ilk bor Toshkentda o‘tkazilmoqda

© Hasan Paydoyev/"Xalq so‘zi"​Chempionat mira po rukopashnomu boyu vpervie proydet v Tashkente
Chempionat mira po rukopashnomu boyu vpervie proydet v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2021
Obuna bo‘lish
Qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempionati ilk bor Rossiyadan boshqa mamlakatda o‘tkazilmoqda va uning birinchi xorijiy mezboni - O‘zbekiston.
TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempionati 5-7 iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Xalq so‘zi nashri.
Musobaqaga dunyoning 30dan ortiq mamlakatlaridan sportchilar va mehmonlar keladi. Musobaqa sportchilar yoshi bo‘yicha ikki guruhga bo‘lingan: 18-37 yoshli va 38-49 yoshli sportchilar orasida. Birinchi guruhda erkaklar orasida 9 ta va ayollar orasida 8ta vazn toifalari belgilangan.
18-37 yoshli sportchilar guruhida O‘zbekistondan Abdulloh Ahmadaliyev, Fayoz Ahmadov, Jasur Hasanov, Jo‘rabek Mavlonov, Sanjar Ravshanov, Jahongir Rasulov, 38-49 yoshlilar orasida esa - Nazirjon Mo‘yinov, Iskandar Karimov, Botir Rahmonov, Davron Avvalbayevlar himoya qilishadi.
Aytish joizki, mezbon davlat sifatida O‘zbekiston terma jamoasi har bir vazn toifasida ikki nafardan sportchini bahslarda ishtirok etishga haqli. Ushbu munosabat bilan jami 16 nafar o‘zbekistonlik sportchilar gilamga tushadi.
Zamestitel ministra vnutrennix del, nachalnik GUVD Tashkenta general-mayor Rustam Djurayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2020
Milliy gvardiya qo‘mondoni qo‘l jangi federatsiyasiga rahbar etib saylandi
O‘zbekiston tomonidan ushbu tadbirga Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi, O‘zbekiston turizm va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va bir qator hamkor tashkilotlar o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqaga bag‘shlangan matbuot anjumanida, Jahon chempionati Toshkentda ilk marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lsada, o‘zbekistonlik sportchilar bundan avvalgi dunyo birinchiliklarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelgani ta’kidlandi. Jumladan, 2019-yil Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagani qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0