https://oz.sputniknews.uz/20210605/energetika-vazirligi-elektr-uzilishlariga-izoh-berdi-19105638.html
Energetika vazirligi elektr uzilishlariga izoh berdi
Energetika vazirligi elektr uzilishlariga izoh berdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Enregetika vazirligi Respublika bo‘ylab sodir bo‘lgan elektr uzilishlariga kuchli shamol va keskin havo isishi sabab bo‘lmoqda deb izoh berdi. Ayni damda... 05.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-05T13:10+0500
2021-06-05T13:10+0500
2021-06-05T13:11+0500
iqtisod
favqulodda holat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/28/17/281718_0:0:3119:1754_1920x0_80_0_0_525ae83964d14b9e3a861b5b42bb0833.jpg
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston bo‘ylab qisqa muddatli elektr uzilishlari sodir bo‘lishiga 1-3 iyun kunlar respublika hududida kuzatilgan kuchli shamol sabab bo‘lgan, deb xabar qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.Ikkinchidan, ob-havoning keskin isishi oqibatida, aholi tomonidan konditsioner uskunalaridan foydalanish boshlangan va buning oqibatida transformator stansiyalariga yuklama oshgan. Bu ham elektr tizimidagi uzilishlarga sabab bo‘lgan. “Ushbu muammolarni hal qilish maqsadida barcha hududlarda mobil brigadalar ish olib bormoqda. Ular mahalliy energiya kompaniyalari mutaxassislari bilan birgalikda mavjud muammolarni hal qilishmoqda”, - deyilgan xabarda. Undan tashqari ayrim hududlarda reja asosida qisqa muddatga elektr ta’minoti uzilgan. Bundan maqsad transformator punktlari va elektr uzatish liniyalarini kuzgi-qishgi mavsumga tayyorlash, deyilgan xabarda. Sinoptiklar xabariga ko‘ra, ushbu dam olish kunlarida O‘zbekistonda kuchli issiq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +46 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Shamol tezligi 17-22 m/sga yetishi, chang bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda. O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bu yilgi havo harorati odatiydan ko‘ra 7-10 daraja issiq bo‘lishi kutilmqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210605/elektr-taminoti-uzilish-tufayli-ozbekneftgaz-aj-obektlari-faoliyati-toxtab-qoldi-19105455.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/28/17/281718_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_6f16a25e796506c1852b9e5e07a745e1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, favqulodda holat
iqtisod, favqulodda holat
Energetika vazirligi elektr uzilishlariga izoh berdi
13:10 05.06.2021 (yangilandi: 13:11 05.06.2021) O‘zbekiston Enregetika vazirligi Respublika bo‘ylab sodir bo‘lgan elektr uzilishlariga kuchli shamol va keskin havo isishi sabab bo‘lmoqda deb izoh berdi. Ayni damda tiklash ishlari jadal olib borilmoqda.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston bo‘ylab qisqa muddatli elektr uzilishlari sodir bo‘lishiga 1-3 iyun kunlar respublika hududida kuzatilgan kuchli shamol sabab bo‘lgan, deb xabar qildi Energetika vazirligi matbuot
xizmati. Muassasa xabariga ko‘ra, kuchli shamol oqibatida daraxtlar shoxi sinishi va ayrim uylarni tomi siljishi kuzatilgan. Undan tashqari elektr uzatish liniyalari ham shikastlangan.
Ikkinchidan, ob-havoning keskin isishi oqibatida, aholi tomonidan konditsioner uskunalaridan foydalanish boshlangan va buning oqibatida transformator stansiyalariga yuklama oshgan. Bu ham elektr tizimidagi uzilishlarga sabab bo‘lgan.
“Ushbu muammolarni hal qilish maqsadida barcha hududlarda mobil brigadalar ish olib bormoqda. Ular mahalliy energiya kompaniyalari mutaxassislari bilan birgalikda mavjud muammolarni hal qilishmoqda”, - deyilgan xabarda.
Undan tashqari ayrim hududlarda reja asosida qisqa muddatga elektr ta’minoti uzilgan. Bundan maqsad transformator punktlari va elektr uzatish liniyalarini kuzgi-qishgi mavsumga tayyorlash, deyilgan xabarda.
Sinoptiklar xabariga ko‘ra, ushbu dam olish kunlarida O‘zbekistonda kuchli issiq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +46 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Shamol tezligi 17-22 m/sga yetishi, chang bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bu yilgi havo harorati odatiydan ko‘ra 7-10 daraja issiq bo‘lishi kutilmqda.